Biznes va hayotda norasmiy ta’lim. Дональд Джон Трамп

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Biznes va hayotda norasmiy ta’lim - Дональд Джон Трамп страница 7

Жанр:
Серия:
Издательство:
Biznes va hayotda norasmiy ta’lim - Дональд Джон Трамп

Скачать книгу

ziyoda qilib bajaradilar. Hammamiz qachon yetarlicha ish qilganimizni-yu, qachon bor kuchimizni bag‘ishlaganimizni yaxshi bilamiz. Har kuni bor kuchingiz bilan ishlashga harakat qiling. O‘zingizga boshlash imkonini bermaganingiz sabab mag‘lub bo‘lmang. Mas’uliyat darajasi o‘ta kattadek tuyulgani uchungina muvaff aqiyatdan cho‘chimang. Diqqatni bir joyga jamlang va olg‘a! Oqilona harakat olib keladigan natijalardan hayron qolasiz. Aleksandr Grem Bellning5 bir iborasini hech qachon unutmayman: «Hozir qilayotgan ishingizga butun diqqatingizni qarating. Quyosh o‘z nurlarini linzaning markazida yig‘mas ekan, hech nimani yondira olmaydi». Shuni yodda tuting, chempionlar kabi fikrlashni o‘rganing va chempionga aylaning.

      O‘Z ISHIMGA SAN’AT KABI YONDASHAMAN

      San’at – bu yolg‘on, ammo bu yolg‘on bizni haqiqatga yetishishga o‘rgatadi.

Pikasso

      Pikasso nafaqat buyuk rassom, balki yaxshigina tadbirkor ham bo‘lgan. U o‘z ishining qadrini bilgan va hech qachon bahonalar to‘qimagan. O‘zining hikoya qilishicha, kunlardan birida uning ustaxonasiga bir kishi kelib, suratlaridan birini tomosha qildi va so‘radi: «Bu surat qanday ma’noni anglatadi?». «Ikki yuz ming dollar», – javob berdi rassom. Bu mubolag‘asiz javob. Aniqki, Pikasso o‘z san’atini biznes sifatida ko‘rgan va bu asossiz emas. O‘z biznesimga san’at sifatida qarayman. O‘z ishingizga shunday yondashing.

      Mana nima uchun san’at kishilari o‘z ideallariga, ilhom parisiga va detallaridagi mukammallikka sodiqligi bilan mashhur. Bu ajoyib fazilat. U kerakli natijaga erishish uchun yaxshi turtki bo‘la oladi. Yaqinda kutubxonalardan birida Betxovenning qo‘lyozmasi topildi. Unda shunchalik ko‘p chizgilar va tuzatishlar bor ediki, qog‘ozning ba’zi yerlari teshilay degandi. Bu ish kompozitor hayotining so‘nggi yillariga to‘g‘ri keladi. Demakki, bu paytda u musiqa yozishda tajribasiz emas edi. Bu buyuk inson – faqat eng yaxshi ishni yaratishga intilgan perfeksionistning ishlashi edi. Unga hech kimning tasdig‘i kerak emas – faqat o‘ziniki yetarli edi. Bu biznesmen uchun ham, musiqachi uchun ham ishga yondashishning ajoyib usuli.

      Eng yaxshi natijaga erishish uchun o‘zingizdan ham o‘zishga harakat qiling.

      Tadbirkorlarning fikrlash tarzi shunday: raqobat ularning darajalarini pasaytirishi mumkinligini biladilar. Qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, bu – haqiqat. Qarashlaringizda sobit bo‘ling. Pikasso, shubhasiz, har narsada o‘z qarashiga ega edi. O‘ziga xos shaxs bo‘lishdan cho‘chimang.

      Keling, Pikassoning san’at yolg‘onligi haqidagi so‘zlariga qaytamiz. Bir tomondan qaraganda, san’at ko‘pincha murakkabni soddalashtiradi. Polotnoga rang berish qiyinmi? O‘ylab qarasak, unchalik ham qiyin emasdek. Ammo bundan nima paydo bo‘ladi? Matoga bo‘yoqni alohida usulda surish ancha mushkul, ayniqsa, natijasi qanday chiqishi kerakligini bilsang. Birinchi kitobim «Kelishuvlarga erishish san’ati»ni aynan shu sababdan shunday ataganman. Biznesga aloqasi bo‘lgan har kim muzokaralar o‘tkazish va kelishuvni imzolash katta tayyorgarlik talab etishini biladi, bu tayyorgarlikni qanday bajarishimni hech kim ko‘rmaydi, ammo buni qilmayman degani emas. Mehmonlar «Trump Tower»dagi sof marmarga qaraganlarida hashamatdan ko‘zlari qamashadi, ammo odatda bu yuksaklikka shaxsan mening qancha mehnatim ketganini bilishmaydi ham. Go‘zallik yoki san’at talab etadigan ter, qon va ko‘zyoshlar hech kimni qiziqtirmaydi. Faqat natijagina muhim.

      San’at reprezentativdir. Boshqacha qilib aytganda, bu hayotning o‘zi emas, in’ikosidir. San’at turmush tashvishlari bizdan to‘sib qo‘ygan haqiqatni ko‘rsatishi mumkin. U bizga o‘z aksimizni ko‘rsatadi. Kelishuvlarim – tadbirkor sifatidagi topqirligimning aksidir. Rassom kabi serqirra, keng ko‘lamli yondashuvga intilaman. Ushbu yondashuvni o‘zingizga qurol qilib oling va tez-tez foydalaning. Nima bilan shug‘ullanishingizdan qat’i nazar bu sizga ko‘p narsalarni o‘rgatadi.

      Quruvchining ishi – bir paytda ham hunar, ham san’atdir, bundan kamiga rozi emasman. «Trump Tower»ni qurishda kamyob marmar turidan foydalanishga majbur emasdim, ammo sifatdagi farq yaqqol bilinishini tushunardim. Shu sababdan o‘z ishimni san’at deb bilaman, deganimda ishonchingiz komil bo‘lsin. Rassom bo‘yoqlar va umumiy tasvir borasida qanchalik injiq bo‘lsa, men ham shundayman. Agar siz ham shunday yo‘l tutsangiz, o‘ylaymanki, yangi darajangiz o‘zingizni ham hayratga soladi.

      O‘zingizga yuksak baho bering. Hayot – bu san’at, tadbirkorlik ham. Shunday ekan, bir rassom kabi nimalarga qodir ekaningizni ko‘rsating.

      TIZIMLI FIKRLASHNI O‘RGANING

      Men bugun kechagidan ko‘ra aqlliroq bo‘lmagan kishi haqida yaxshi fikrda bo‘la olmayman.

Avraam Linkoln

      Tajriba faqat o‘rganishni istaganlarni o‘qitadi.

Oldos Xaksli

      Har tomonlama ta’lim qaysidir ma’noda muvaff aqiyat nuqtayi nazaridan muhim bo‘lgan masalalarda bilim ortiqchaligi va taqchilligi o‘rtasidagi chegarani yo‘qotadi. Yaqinda bunga ishonch hosil qildim: o‘z kasbi bo‘yicha keng bilimga ega bo‘lgan va suhbatda ko‘tarilgan boshqa mavzular haqida deyarli hech narsa deya olmaydigan yigit bilan suhbatlashdim. Uning idroki tunnelli tizim kabi tasavvur uyg‘otardi, garchi professionallik darajasi meni qontiqtirgan bo‘lsa-da, korxonalarim ish hajmini hisobga olgan holda u lavozimga yaxshi nomzod emas deb hisobladim. Chunki uning qiziqishlari juda tor edi. Bu voqea menga navbatdagi bob uchun mavzu topib berdi. O‘ylaymanki, har biringiz bu haqda o‘ylab ko‘rishingiz kerak, sababi o‘qiyapsiz va tez orada o‘z professional yo‘lingizni boshlaysiz yoki ish faoliyatingizni boshlab bo‘lgansiz.

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «Литрес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

      1

      Magnat – davlat boshqaruvida iqtisodiy ta’sir kuchiga ega badavlat tadbirkor.

      2

      Do‘konlar peshtaxtalarining pastki qatorlariga talabgir bo‘lmagan mahsulotlar joylashtiriladi.

      3

      Rosh Xa-Shana – yahudiylarning yangi yil bayrami.

      4

      Jek Jempsi – amerikalik bokschi, o‘ta og‘ir vazndagi jahon chempioni

      5

      Aleksandr

Скачать книгу


<p>5</p>

Aleksandr Grem Bell – amerikalik va kanadalik olim, «American Telephone and Telegraph Company» kompaniyasi asoschisi, AQSh telekommunikatsiya sohasining rivojini belgilab bergan inson.