Таҳқиқоти арки Бухоро. Носир Саййид
Скачать книгу в различных форматах или читать онлайн на сайте.
Sayyid Muhammad Nosirning 1921 yilda fors tilida yozilgan «Tahqiqoti arki Buxoro» («Buxoro arki haqida tadqiqot») asari yagona qo'lyozma nusxada saqlanib qolgan. O'zbekistonning eng qadimiy me'moriy obidalaridan biri bo'lgan Buxoro arki tarixiga bag'ishlangan bu asarda arkning ilk bor bunyod etilishidan tortib, turli asrlarda ro'y bergan siyosiy voqealar tufayli bir necha bor vayron bo'lib, so'ngra qayta tiklanishi bayon qilingan. Ayniqsa, asardagi ashtarxoniylar va mang'itlar sulolalari hukmronlik qilgan yillarda Arkda amalga oshirilgan qurilishlarga doir ma'lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Asarning o'zbek va rus tillariga tarjimalari hamda nodir qo'lyozmasi faksimilesini o'z ichiga olgan ushbu nashr mutaxassislar va o'lkamizning o'tmish madaniyati tarixiga qiziquvchi kitobxonlarga mo'ljallangan.