Тасвирий санъат ўқитиш методикаси. Ш.Р. Кобилов

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Тасвирий санъат ўқитиш методикаси - Ш.Р. Кобилов страница 4

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
Тасвирий санъат ўқитиш методикаси - Ш.Р. Кобилов

Скачать книгу

qismlarga bо‘linishini, umuman olganda, garmoniyani bilishga intiladi. Izlanishlar, tarixiy manbalarni о‘rganish asosida u о‘zining inson gavdasi qonunlari «Qadimgilar kvadrati» yaratadi. Leonardo da Vinchi inson gavdasini aylana ichiga joylashtiradi. Aylana ichidagi gavdada oyoqlar kerilgan, qо‘llar yon tomonga chо‘zilgan, aylana markazi kindikka tо‘g‘ri keladi. Agar aylana ichiga oltiburchakni joylashtirsak va ikkita diametr – biri vertikal, biri gorizontal yо‘nalishda о‘tkazsak, bunda ikkinchi diametr markazida kindik turadi, birinchi diametr esa gavdani teng ikki simmetrik qismga bо‘ladi. Qо‘l va oyoqlarning uchlari oltiburchakning ikki yuqoridagi va ikki pastdagi burchaklarida joylashadi. Bu yerda gavda о‘lchami uchun bosh qismi tanlanib, u gavdaga 8 marta joylashadi (10 a-rasm).

      10(a)-rasm. Leonardo da Vinchi. Qadimgilar kvadrati.

      Odam anatomiyasini о‘rganishda uyg‘onish davri rassomhaykaltaroshi Mikelanjelo Buonarotti (14751564)ning xizmatlari kattadir. Manbalarda yozilishicha, u anatomiya professori Kalaba bilan о‘n ikki yil davomida marhumlar tanasi operatsiyalarida ishtirok etadi, anatomiyaga oid kо‘plab rasmlar bajaradi (11-rasm).

      Shu davr buyuk rassomi Rafael (14831520) insonning plastik anatomiyasini chuqur bilganligi bilan ajralib turadi. Agar rassom ijodiga nazar tashlasak, u о‘z ijodining butun davri davomida kо‘plab anatomik rasmlar bajarganligi ayon bо‘ladi. U har bir ishi uchun alohida bosh suyagi, tos suyaklari, qо‘l, oyoq panjalari tasvirini chizgan. Shu sababli rassom ishlari mukammal bо‘lib, uning nomi asrlar osha yashab kelmoqda.

      Uyg‘onish davri san’atkorlaridan nemis rassomi Albrext Dyurer (14721528) ham boshqa rassomlarga о‘xshab inson tanasi nisbatlari ustida izlandi va erkak kishi gavda nisbatlarini tahlil qildi (13-rasm).

      Rassom plastik anatomiyani о‘rganish bо‘yicha qator nazariy ishlar yozib qoldirgan. Ayniqsa, uning «Inson tanasi nisbatlari haqidagi bilimlar» mavzusidagi ishi diqqatga sazavordir. Mashhur rassom ushbu ishida о‘zining kuzatishlari, ilmiy izlanishlari asosida inson gavdasi nisbatlari, uning plastikasi va konstruksiyasi bо‘yicha ilmiy ma’lumotni umumlashtiradi. Uning bu kitobi tо‘rt qismdan iboratdir.

      Birinchi kitobda muallif inson gavdasini qismlarga bо‘lishning besh variantini taklif qiladi va bu yerda har bir variantda о‘lchov birligi sifatida xuddi yunon tasvirlash qonunlaridagidek inson gavdasining biror-bir qismi xizmat qiladi.

      11-rasm. Mikelanjelo. Inson tanasi nisbatlari.

      12- rasm. А.Dyurer ishlagan rasmlar.

      13- rasm. А.Dyurer. Perspektiv rasm chizish.

      Ikkinchi kitobda u inson gavdasining о‘lchamlarini aniqlash uchun Alberti usuliga asoslanadi. Bu jarayonda inson gavdasini о‘lchashda sonli о‘lchamga tayanadi. Alberti hisobi bо‘yicha bu о‘lcham 600 qismga bо‘lingan bо‘lsa, Dyurer о‘zining 1800 qismga bо‘lingan shkalasini taklif etadi.

      Dyurer tо‘rtinchi kitobida alohida narsalarning geometrik tahlili prinsipini va chiziqli perspektiva nazariyasi, inson gavdasini kenglikda tasvirlash va rakurs holati vaziyatlarini izohlab beradi.

      14-rasm. А.Dyurer Кеsik bosh tasviri.

      Dyurer inson tanasini proporsional uch qismga bо‘ladiki, bu talabalar о‘rganishi uchun juda qulaydir. O‘tirgan gavdani chizganda yuqori qism katta, oyoqlar kichkina bо‘lib qoladi. Agar ushbu sxemaga rioya qilinsa, tasvir savodli chiqadi.

      Rassom bosh qismning kontruktiv tuzilishiga katta e’tibor qaratdi. U boshning konstruktiv tuzilishi bо‘yicha о‘z sxemasini taklif qiladi. Bunda bosh qismining qismlarga bо‘linishi shakllar asosida kо‘rsatilgan (14-rasm). Keyinchalik bu usuldan aka-uka Dyupyui, A.Ashbe, D.N.Kardovskiy kabi nazariyotchilar о‘z ishlarida foydalandilar (15-16- rasm).

      15-rasm. А.Dyurer ishlagan bolalar tasvirlari.

      16-rasm. А. Dyurer Inson gavdasi nisbatlari.

      Badiiy idrok etishning kompozitsion usullari

      Tasviriy san’atni о‘rgatish ijodiy yaratuvchanlik jarayonini ham о‘z ichiga oladi. Rassom о‘zi tasvirlayotgan hodisalarga hech qachon e’tiborsiz qolmaydi. U nafaqat о‘z qahramonlarini «kо‘radi» va «eshitadi», balki ular bilan birga yashaydi: ularni sevadi yoki yomon kо‘radi, ularning ishini ma’qullaydi yoki qoralaydi, shu sababli u yaratgan odamlar timsoli tomoshabinni tо‘lqinlantiradi va uning о‘ziga bilinmagan holda yangi insoniy sifatlarni hosil qiladi.

      Kо‘rgazmalarda kо‘pincha rassomga kerakli badiiy timsolni yaratish uchun material sifatida xizmat qilgan odamlar portreti osilib turadi. Bular – etyudlar. Biroq rassom jonli naturadan qanchalik foydalanmasin, tasvir yaratish jarayonidagi eng asosiy vosita uning ijodiy tasavvuri bо‘lib, u yaratgan badiiy timsol rassom о‘z ishini boshlash uchun murojaat etgan haqiqiy timsoldan ancha yorqinroq, ancha mazmundor va insoniy xislatlarga boy bо‘ladi.

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «Литрес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

/9j/4AAQSkZJRgABAQEASABIAAD/4QBaRXhpZgAATU0AKgAAAAgABQMBAAUAAAABAAAASgMDAAEAAAABAAAAAFEQAAEAAAABAQAAAFERAAQAAAABAAALElESAAQAAAABAAALEgAAAAAAAYagAACxj//bAEMAAgEBAQEBAgEBAQICAgICBAMCAgICBQQEAwQGBQYGBgUGBgYHCQgGBwkHBgYICwgJCgoKCgoGCAsMCwoMCQoKCv/bAEMBAgICAgICBQMDBQoHBgcKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCgoKCv/AABEIAJ4AZAMBIgACEQEDEQH/xAAfAAABBQEBAQEBAQAAAAAAAAAAAQIDBAUGBwgJCgv/xAC1EAACAQMDAgQDBQUEBAAAAX0BAgMABBEFEiExQQYTUWEHInEUMoGRoQgjQrHBFVLR8CQzYnKCCQoWFxgZGiUmJygpKjQ1Njc4OTpDREVGR0hJSlNUVVZXWFlaY2RlZmdoaWpzdHV2d3h5eoOEhYaHiImKkpOUlZaXmJmaoqOkpaanqKmqsrO0tba3uLm6wsPExcbHyMnK0tPU1dbX2Nna4eLj5OXm5+jp6vHy8/T19vf4+fr/xAAfAQADAQEBAQEBAQEBAAAAAAAAAQIDBAUGBwgJCgv/xAC1EQACAQIEBAMEBwUEBAABAncAAQIDEQQFITEGEkFRB2FxEyIygQgUQpGhscEJIzNS8BVictEKFiQ04SXxFxgZGiYnKCkqNTY3ODk6Q0RFRkdISUpTVFVWV1hZWmNkZWZnaGlqc3R1dnd4eXqCg4SFhoeIiYqSk5SVlpeYmZqio6Slpqeoqaqys7S1tre4ubrCw8TFxsfIycrS09TV1tfY2dri4+Tl5ufo6ery8/T19vf4+fr/2gAMAwEAAhEDEQA/AP37AHpS4HpQOlFAHHftDEp8AfHLpww8H6mQV7f6LJXz1/wQx1fUtd/4Jb/CnUNX1iO/mbR5Fa4Ri2QJnABJ7gcH6V03/BWT9sL4dfsQ/sI+O/jH8R77yYbjR5tJ01TbSSia8uYnjiQhASAeeegxzXi//Bt38RvDHiL/AIJJ/C21HiWwa+aO+DWa3S+Yh+1ynbsznp7UAffGB6UYHpRRQAYHpRgelFFABgelGB6UUUAGB6UYHpRRQA1+DwKKH60UAOHSigdKKAPmX/grt+w98Pv2/wD9hnxd8EfiP4j1DSrOztX1u3vNNVTIs9pFJIgIbgqehr8Cf+DaL9lL4yftXftn6H4h8JfEDQvD/h/9n3xAupagkdu8d9rUUzyp5LmM/vB8vG8YHav6L/2+fjb8JPgD+yN468d/Gvx/b+GtDfw/dWTapPztlniaNFUfxMSeg

Скачать книгу