Sukut. Mingboyeva Dilrabo
Скачать книгу в различных форматах или читать онлайн на сайте.
Ayni to‘plamdan joy olgan she’rlarni o‘qiyotganingizda eng yangi va eng ozoda so‘zni izlayotgan, yashashga chanqoq parvozdagi yurakni uchratasiz. Bitiklardagi o‘ktam tavallolar, nafis tuyg‘ular, oqpar so‘roqlar-u ojizona duolar qatidan insoniyatning asriy nidosi hayqirib chiqadi: “Men – kimman?.. Umrning ma’nosi nima?.. Abadiy baxtga erishish uchun nima qilmog‘im kerak?..” Faqat… uning yozganlariga – ich olamiga kirishishdan avval bir o‘tinchga izn bering: “Artib kiring oyog‘ingizni”, “Yuvib oling xayolingizni”…