Қашқадарё: ХХ аср бошлари тарихи. Гулора Равшанова
Скачать книгу в различных форматах или читать онлайн на сайте.
HH asrning birinchi choragi oxirlarida mustabid Sovet hokimiyati Rossiya imperiyasiga vassal bo'lib kelgan Buxoro xonligiga hujum qilib, uni bosib olgan edi. Honlikning asosiy hududlaridan bo'lgan Qashqadaryo vohasi ham qizil saltanat hukmiga o'tgan, biroq mustabid tuzumni o'rnatish O'zbekiston janubiy qismida qattiq qarshiliklarga duch kelgandi. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo o'lkalarida vujudga kelgan qarshilik harakati milliy ozodlik kurashi tusini olgan. Mustaqillik in'omi tufayli, viloyatlar tarixi, shu jumladan, Qashqadaryo tarixi ham keng ko'lamda, ilmiy xolislik va haqqoniylik asosida teran yoritildi. Qashqadaryo vohasining ko'p asrlik kechmishi «Qashqadaryo tarixi» (Poyon Ravshanov) asarida o'z ifodasini topdi. O'zbekiston tarixining uzviy qismi bo'lgan Qashqadaryo viloyatining yaqin kechmishi – HH asrning 20–30-yillari asosan arxiv manbalaridan foydalanilgan holda yaratildi.