Етим қолган опа-ука (Қушлар). Тарей Весос
Скачать книгу в различных форматах или читать онлайн на сайте.
XX asr Skandinaviya so'z san'ati o'rmonidagi eng qudratli daraxt deb ta'riflangan, norveg adabiyotining atoqli namoyandasi Taryey Vesos (1897—1970) o'nlab romanlari, qissa va hikoyalari hamda dramalari, she'rlari, publitsistik asarlari bilan shuhrat qozongan. «Inson farzandi» (1923), «Qora otlar» (1928), «Ota sayohati» (1930), «Katta o'yin» (1934), «Ayol kishiga uy kerak» (1935), «Yurak Vatanni unutmaydi» (1938), «Nihol» (1940), «Qushlan» (1957) kabi romanlari va boshqa asarlari o'n ikki tilga, shu jumladan, ingliz, fransuz, nemis, rus tillariga ham tarjima qilingan.Yozuvchining «Qushlar» romanida (biz uni «Yetim qolgan opa-uka» deb oldik) Norvegiyaning chekka bir qishlog'ida ota-onasiz qolgan ikki yosh — Xege ismli qiz va Mattis ismli dovdir bolakayning ulg'aygan yillardagi 6—7 oylik mashaqqatli hayoli aks ettirilgan. Romandagi sharq adabiyotiga xos shoirona til va pokiza ruhiyat olami, teran ruhiy tahlillar, ichki kechinmalar, o'rni-o'rnida kelgan nozik yumor, jumlalarning tagdor mazmunlarga boyligi har qanday kitobxonga ham katta ma'naviy zavq beradi degan fikrdamiz.