Алкимёгар. Коэльо Пауло
Скачать книгу в различных форматах или читать онлайн на сайте.
Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi –O'z Taqdirini ro'yobga chiqarishga erishuvidir… Barcha odamlar yoshlik paytlarida o'z taqdirlarini biladilar… Ammo fursat o'tishi bilan sirli bir kuch ularni O'z Taqdirlarini ro'yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi.Bu sirli qudrat inson zotiga g'animday tuyuladi, aslida esa o'z taqdirini qanday ro'yobga chiqarish Yo'lini xuddi ana shu qudrat ko'rsatib beradi. U insonning ruhini va erkini o'sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan bo'ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan. «Alkimyogar» romani zamiridagi ushbu hikmat o'tmishda o'tgan yoxud rivoyat qahramoni bo'lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu sizu biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o'tilajak Yo'ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o'qilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir. «Alkimyogar» haqida gapirganda Richard Baxning «Jonatan ismli chag'alay», «Tasavvurlar» yoki Ekzyuperining «Kichik shahzoda» singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo'q. Ammo «Alkimyogar» ularning hech biriga o'xshamaydi.