Бухоро хонлиги очерклари. Маев Н.А.
Скачать книгу в различных форматах или читать онлайн на сайте.
Ushbu asar 1875 yilda Buxoro amirligiga tashrif buyurgan N.A.Maev boshchiligidagi ilmiy ekspedisiya natijasi bo'lib, unda O'rta Osiyo, xususan, Buxoro amirligining XIX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, o'lka tarixi va madaniyati, tabiati, hayvonot dunyosi, geografik o'rni haqida va boshqa muhim ma'lumotlar berilgan. N.A.Maevning «Buxoro xonligi ocherklari» asari 1879 yilda Sankt-Peterburgda «Turkiston o'lkasining statistikasi uchun materiallar» nomli yilnomada chop etilgan. Ushbu asar XIX asr ikkinchi yarmidagi mamlakatimiz tarixiga mansub qimmatli ma'lumotlarni o'zida mujassam etganligini va sanoqli nusxalarda nashr qilinganligini e'tiborga olib, taniqli tarixchi olim Ismoil Botirov tomonnidan ilk marotaba o'zbek tiliga o'girilib nashrga tayyorlangan. Ushbu ilmiy to'plam tarjimasi tarixchi olimlar, o'quvchi-talabalar, qolaversa, yurtimiz tabiati va o'lka tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.