PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev
Чтение книги онлайн.
Читать онлайн книгу PEDAGOGIKA - J. Hasanboyev страница 26
– tarbiya jarayoni tizimi va uning qonuniyatlarini o‘rganish;
– tarbiya tamoyillari va tasnifini ochib berish:
– tarbiya jarayonida har bir o‘quvchi shaxsining shaxsiy munosabat hamda yosh xususiyatlarini hisobga olish va ta’sir ko‘rsatish.
Tayanch ibora va atamalar: tarbiya tushunchasi, tarbiyaning tasnifi, tarbiya usullari, tarbiya maqsadi, vazifalari, tarbiyalanganlik, komil inson, tarbiya metodlari, metod tushunchasi, tarbiyaning maqsadi, vazifalari, tarbiyalanganlik, komil inson, kadr, mutaxassis, zamonaviy tarbiya mazmuni, tarbiya maqsadining aniqligi, bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati, o‘z-o‘zini anglash. Tarbiyaning yo‘naltiruvchanligi, ixtiyoriy tarbiya qonuniyatlari, tarbiya qoidalari, obyektiv va subyektiv omillar, demokratik tamoyil, faoliyat va munosabat birligi, ehtiyoj, ijtimoiy munosabat, faoliyat.
5.1. Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o‘rgatadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, etika, estetika, fiziologiva, psixologiva kabi fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda maktabshunoslik bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayoni shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boruvchi faoliyat jarayonidir. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Аl hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Ushbu likrlardan xulosa chiqarsak, shaxs tarbiyasi xususiy emas, balki ijtimoiy-milliy ilmdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy eti- shi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlarida, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» no‘lli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy. axloqiy. ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan hissiyotlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi.
Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa bo‘lib, insoning shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qad- riyatdir.
Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi shakllanib boradi. His-tuyg‘ulari rivojlanadi. Ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabati, bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e’tiborga molikdir. Ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoada- gi munosabatlar jarayonida murakkablashib boradi. Tarbiya jarayoni o‘quvchining ongini emas, balki his-tuyg‘ilarini ham o‘stirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan huquqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilay-
Di, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini – tarbiya jarayonining manbasini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Tarbiya jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib, u bevosita tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, qarama-qarshiliklar kuchayadi.
Tarbiya jarayonida uning maqsadi. shakli, vositalari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi (5.1.1-shakl).
5.1.1-shakl
Tarbiya jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy shakli
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli beqiyosdir.
5.2. Tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsad va vazifalari hamda o‘ziga xos xususiyatlari
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yon- dashish bilan muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. Shaxsning xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o‘zaro mustahkam bog‘langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit tarzda rivojlanadi. Bola o‘sib va rivojlanib borgan sari tarbiya vazifalari murakkablashib. chuqutiashib, tabaqalashib boradi.
Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgan jarayonda quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashish, reja va amal birligi hissini uyg‘otish:
b) o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ogoh etish, chuqur bilimga, tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, malakalarni tobora boyitish;
d) umuminsoniy axloq me’yorlarini anglashni (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, axloqsizlikka qarshi nafrat va h.k.), muomala odobi, yuksak madaniyatni o‘quvchilarda qaror toptirishga erishish;
e) huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish, o‘quvchilarda fuqarolik tuyg‘usini, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish:
t) tarbiyani muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish;
g) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlar