Донишманд устанинг ҳикмати. Шойим Бутаев

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Донишманд устанинг ҳикмати - Шойим Бутаев страница 2

Жанр:
Серия:
Издательство:
Донишманд устанинг ҳикмати - Шойим Бутаев

Скачать книгу

bu qoya ekan! – deb xulosa chiqardi tomni teshib o‘tishga chog‘lanayotgan tomchi va ortidan yana bir yuzu o‘n ikki ming tomchini ergashtirib Ayiq odamning boshini mo‘ljalga oldi.

      Ketma-ket tushaversa tomchi ham toshdan og‘ir bo‘lib ketarkan. Jon shirinlik qilib Ayiq odam ari talayotgandek dodlaganicha, o‘z uyidan qochib chiqib tikka Ustaning darvozasi oldiga kelib qoldi.

      Darvozani taqillatdi.

      Usta chiqdi.

      Qarasa, dag‘-dag‘ titraganicha qo‘shnisi turibdi.

      – Keling, qo‘shni, tinchlikmi? – deb so‘radi Usta.

      Ayiq odam bor gapni aytib berdi. Тomchilardan nolib, kulbasining tomidan chakka o‘tmagan joy qolmaganini shikoyat qildi.

      – Ayb o‘zingizda, – dedi Usta, u shunaqa, to‘g‘ri gapni kim bo‘lsayam, betiga aytardi. – Issiq kunlarda tomingizni suvoq qilganingizda bunaqa ahvolga tushib o‘tirmasdingiz.

      – Endi nima qilsam ekan? – deb so‘radi Ayiq odam, u juda no‘noqligidan nima qilishini ham bilmasdi.

      Usta yelkasini qisdi.

      Shunda Ayiq odamning ko‘zi darvozaxonadagi narvonga tushib qoldi-yu, dardining davosi topilgandek suyunib:

      – Narvoningizni berib tursangiz, – dedi.

      – Narvonni nima qilasiz? – deb so‘radi Usta.

      – Тomga chiqib chakka o‘tayotgan joylarni tuzatib tushaman, – dedi Ayiq odam.

      Usta, hozir loygarchilikda behuda ovora bo‘lasiz, dеmoqchi bo‘ldi-yu, «narvon so‘rab turganim uchun bergisi kelmayapti», deya o‘ylab ko‘ngliga kelmasin, degan xayolda indamadi. Mayli oling, dedi. Ayiq odam narvonni ko‘tarib ketdi.

      U narvonni tomga qo‘ydi.

      O‘zi bir amallab tomga chiqib nimalardir qila boshladi.

      Sharros yomg‘ir yana quyib yubordi.

      Ayiq odam shosha-pisha pastga tushdi.

      Uning oyog‘ida poyafzali bor-yo‘qligi ham noma’lum edi. Lekin, oyog‘iga botmon loy yopishgani chin edi. U, o‘ylab o‘tirmay, shosha-pisha oyog‘ining loyini narvonning pastki poyasi Hasanga artdi-da, shosha-pisha uyga kirib ketdi.

      Narvonning Usta Hasan deb atagan pastki poyasi loyga botib, Ayiq odamning bu qilig‘idan xafa bo‘lib qolaverdi.

      Uning bu holatini sezgan ikkinchi Hasan:

      – Qo‘yaver, xafa bo‘lishga arzimaydi, ertaga oftob chiqsa u qoldirib ketgan loy qurib tushib ketadi, – deb tasalli bergan bo‘ldi.

      – Xafa bo‘lma, – dedi uchinchi Hasan ham.

      – Arzimaydi, – dedi to‘rtinchi Hasan.

      – Shuyam gapmi, – dedi beshinchi Hasan.

      O‘rtancha Hasan-Husanlar ham ko‘ngil ko‘taradigan qandaydir so‘zlar aytishdi.

      Ammo, Husanlardan miq etgan sado chiqmadi.

      Тom boshidagi Husan bo‘lsa negadir kulib yubordi.

      Uning kulgisi hammaga eshitildi.

      Qitig‘i kelganidan kulgan bo‘lsa kerak, deb hech kim e’tibor bermadi.

      Husan endi qah-qah otib kuldi.

      – Nega kulasan? – jahl bilan so‘radi serzarda to‘rtinchi Hasan.

      – Akamiz Hasanning ahvoliga-da, – dedi Husan. – Kim xohlasa unga oyog‘ini artadi, xohlasa tepib o‘tadi – ishqilib, ko‘ngli nimaiki bеmaza ishni xohlasa, Hasanga nisbatan qilaveradi, shunga kulgim qistadi.

      – Bu ishlarni ko‘rib sen yig‘lashing kerak, nahotki kulsang, – dedi beshinchi Hasan. – Axir pastda ana shu birovlar tomonidan tepib tahqirlanayotgan, azob chekayotgan akamiz Hasan bo‘lmasa biz ham hech kimmasmiz-ku, nahotki shuni tushunmasang?

      – Тushunishni ham istamayman! – dedi kalondimog‘lik bilan Husan. – Negaki, men hammadan yuqorida, ozod, daxlsiz holda yashayman!..

      U shunday deb turganida yomg‘ir tinib, tun cho‘kdi. Osmonda yulduzlar miltiradi. Oymomo ham ko‘rindi. Ular aka-ukalar o‘rtasidagi gap-so‘zlarga hayron bo‘lgancha quloq solishmoqda edi.

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «Литрес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

/9j/4AAQSkZJRgABAQEASABIAAD/2wBDAAEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQH/2wBDAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQEBAQH/wgARCAK4Ae0DAREAAhEBAxEB/8QAHgAAAQQDAQEBAAAAAAAAAAAAAAMGBwgBBQkEAgr/xAAeAQABAwUBAQAAAAAAAAAAAAAABgcIAQIDBAUJCv/aAAwDAQACEAMQAAAB5z+3kXADGAJ58/zUAAAAAAMYAZBGoAUDGAGUAAAAAL8oACVwBkFNM6a/PpOmc/PWTRac8voo846xTrZz53tYADFLgACt+QwACYFDNt7rbFx7Uxb9ivH0+hbHxUbqrPpVG+lXrP57gF2MBGuUrRzcPhJ0vznoB81vACgAAAVTLjJQDGOoAAGclAMY6gAAAAGXKAiAABSq+nXp985PolLsKn4KV57/AEUecVYJ1s3jcwAAFwtjEbjJYAAAAUPrUufbAOLcmCHsBHEk1PbHxcbiHJExb54+/nn+UEs+xkpgxgOHmckAAAADNLAAAMVvSpXFQAMoAAAWABeAZQAABLJUAAAAD607umXzteikxwbf0oc/Pom85q2zjYr53qBUBK4VtErgxgBkAACgYrn3Htzr/ePHrNXr0vXNsvFls4gkhFjnl79wKChWoAUCu/5vCAAAA+7bsXXgBQBMCgABioFSt

Скачать книгу