Mehrobdan chayon. Abdulla Qodiriy

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Mehrobdan chayon - Abdulla Qodiriy страница 3

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
Mehrobdan chayon - Abdulla Qodiriy

Скачать книгу

maxdum o‘ttuz yoshlarg‘a borg‘anda maktabdorlig‘i ham yaxshig‘ina shuhrat topadir, shogirdlar soni bir yuzga yetadir. Mehmonxona torliq qilg‘anliqdan maktab uchun maxsus bino yopadir, imlo, insho va husnixat mashqi uchun alohida xona ayiradir. Mahdum yolg‘iz shuning bilangina qanoatlanmay xotini Nigorxonimni ham ishka soladir, ya’ni uning savodini tuzatib “otin bibi” qiladir. Ikki-uch guzarning qizlari Nigorxonimning sabog‘ig‘a yig‘iladirlar. Qisqasi, maxdum maktabdorliqda yaxshi shuhrat qozong‘anidek, uy-ro‘zg‘orini, yurish-turish, kiyim-solim va boshqa taraflarini ham tuzatib oladir.

Oirq yoshlarida mahallaga imom bo‘ladir va maktabini yana ham kengaytirib, shu dahaning har bir tabaqasi ichida “ustoz mulla Solih maxdum” bo‘lib taniladir. Masalan, o‘zida savod chiqarg‘an kosib, savdogar, mullabachcha (madrasa talabasi) va shuningdek yangi bo‘g‘imlarg‘a ustozlik unvonini oladir. Hatto keyingi vaqtlarda uning shogirdlaridan xon o‘rdasigacha borib kirganlari bordirkim, maxdumning bu muvaffaqiyatini boshqa boblarimizda o‘qursiz.

4. MAXDUMNING BA’ZI XISLATLARI

Yuqoridan o‘qug‘uchig‘a bir daraja onglashilg‘an bo‘lsa kerakki, yaqin yigirma yillardan beri maxdumning kelimi shahar yoki qishloq so‘rab turg‘an bir bekcha bo‘lmasa-da, undan qiyiroq, harholda shahar madrasasida darsgo‘lik qilib, vaqfni o‘z qabzig‘a32 olg‘an bir mudarrisning tushimidan albatta ko‘b. Kelimning shu yo‘sun yaxshi bo‘lishig‘a qaramasdan uning tabi’atida harchand tirishilsa ham maxtab bo‘lmaydirg‘an xususiyatlar bor: xasislikka o‘xshag‘an holat, tama’girlik kabi odat, ichqoraliq singari harakat va amsoli…

Yosh chog‘ida otasi o‘lib, qattig‘chiliqda o‘sdi, uning ba’zi yarashmag‘an harakatlari balki o‘sha qattig‘chiliqning ruhka singib qolg‘an yomon ta’siridir. Harholda bizning mundagi vazifamiz maxdumni tahlil qilish emas, balki uning shaxsiga xiyonat va bo‘hton qilishdan saqlanib, ya’ni ortdirmay va kamsitmay o‘qug‘uchig‘a butun taqdim eta bilishdir.

Oyni etak bilan yashirib bo‘lmaydir. Maxdumning xasislikka o‘xshash holatlari albatta bor edi. Maxdum topib-tutmag‘an yillarda bu ishni yo‘qliqdan qiladir, desak-da keyingi vaqtlarda ham shu odatini tark etmagani uchun tabi’atida birmuncha xasislik bor ekan, deymiz.

Ko‘ylak-ishtonining aksar yetti-sakkiz joyidan yamog‘i bo‘ladir. Yetti qishdan beri guppi – chopon yangilagani ma’lum emas, faqat qish kelib ketkan savin alak guppining yengi o‘zgaribkina turadir va astari yil sayin yangidan yangi yamoqlar bilan boyiydir, shu guppi butun umrida birgina martaba va shunda ham maxdumdan beruxsat ammo, Nigor oyimning zo‘ri bilan tog‘orag‘a tushib cho‘mildi. Bu kunda bo‘lsa to‘rt yil burung‘i g‘usli33, yetti yillik tusi, turlik-turlik yamog‘i bilan sakkizinchi qish maxdum pochchasig‘a sodiqona xizmat qilish uchun bo‘g‘joma ichida o‘ziga kuch yig‘ib yotadir. Mahalla kushilari maxdumning bu choponig‘a “moltopar” deb ism berganlar, guppi kiyilib chiqilg‘an kun maxdumga sezdirmay “moltopar savdodan qaytibti… hali baquvvat, ish qilib yamoqqa charchamasang yana o‘n yillingmi, Mamarayim!” deb kulishadirlar.

Qisqasi: besh-olti qayta boshlatilib qo‘nji bir qarichg‘a kelgan aybaki34 maxsi, charmi ust-ustiga uyulib yerdan uch ellik chamasi ko‘tarilgan ikki chorak vaznlik kafsh, yoshi mahalla kishilarining ko‘blariga ma’lum bo‘lmag‘an, harchand ehtiyot qilinsa ham necha joyidan popiltirig‘i osilg‘an oqbo‘z salla mahalla kishilarining ermaklaridandir. Bulardan boshqa hayit kunlari va to‘ylardagina kiyiladirgan banoraz to‘ni, sovuq qattig‘roq bo‘lg‘anda ichidan kiyadirgan adras guppisi ham bor. Mahalla kishilari banoras to‘nni “zarurat” deb atag‘an bo‘lsalar ham, adras guppiga hali nom qo‘yg‘uncha yo‘qlar, chunki buning dunyog‘a kelganiga faqat to‘rt-besh yilgina bo‘lg‘andir.

Kezi kelganda maxdumning yozliq kiyimlarini ham bir sidra aytib ketaylik:yo‘lluq, qizil qalami bo‘zdan yaxtak, oq bo‘zdan jihak yoqaliq keng ko‘ylak (chunki tor bo‘lsa yirtiladir) va lozim (ya’ni ishton) hamda sarpoychan kiyishka yengilcha sag‘ri35 kafsh, ammo salla qishin, yozin bitta.

5. OILA VA KISHILAR BILAN MUOMALA

Maxdum oilasini ham kiyim-kechak vajidan o‘zi kabi tutar edi. Kiyim-kechakdagina emas, hatto oziq-ovqat to‘g‘rilarida ham uning anchagina kelishimsiz qiliqlarig‘a yo‘liqilar edi. Masalan, bir oy to‘lmasdan kir yuvishg‘a ruxsat bermas, agar Nigor oyimning bir oysiz kir yuvg‘anini ko‘rib qolsa – “kiyimni tog‘orada churutasan!” deb, g‘ovg‘a solar edi. Ikki haftasiz palovni ko‘rmaslar (ozodliq oshlari, albatta mundan mustasno), ko‘b ovqatlari ugra, tuppa, mastava, qo‘g‘urma sho‘rba bo‘lar edi.

Nigor oyimning qozoni yo‘qcha, yelcha qo‘shtni faqat palov sharofati bilangina ko‘rar edi. Lekin maxdum ba’zi narsalar bilan oshxonani yaxshig‘ina mo‘liqdirar, masalan: shalg‘am, qovoq, lavlagi. Bu to‘g‘rida xotini harchand rad qilsa ham, qoplab shalg‘am, yigirma-o’ttuzlab qovoq xarid qilishini qo‘ymas – “shalg‘am – Bibi Fotimai Zuhraning duolari barakati, qovoq bo‘lsa hazrati Yunusning mo‘jizalari”, deb bahosi arzon va lekin xosiyati ko‘b bo‘lg‘an bu mablag‘lar36 bilan oshxonani to‘ldira berar edi. Har hafta bir-ikki martaba qovoq somsa yopdirmay qolmas, ammo – “yog‘ni kam sol, qovoqning ta’mini buzadir!” deb ta’kidlashni ham unutmas edi. Uyda non yopilmag‘anidek, bozordan ham sotib olinmas, chunki, panjshanbalik non yetib, ortib yotar, hatto ba’zi vaqtlarda bozorg‘a ham chiqar edi.

Mahdumning o‘qug‘uchi bolalar bilan muomalasi juda yaxshi edi. Savog‘ini bilmagan yoki sho‘xliq qilg‘an bolalarni har qancha so‘kib, koyisa, do‘q urib, davara qilsa ham urmas, bu jihat bilan butun Qo‘qon bolalarining muhabbatlarini o‘ziga jalb etkan edi. Ammo “ozodliq” masalasida bolalardan hech kimni ham afu etmas, boy bolasig‘a “ozodliq” lozim bo‘lg‘an bo‘lsa, albatta undirishka, kambag‘al bolasidan mumkin qadar uzib olishg‘a harakat qilar; bolalar Haftiyak, Qur’on, So‘fi Olloyor va shunga o‘xshash kitob boshlasalar ozodliq majburiy, maktabdan ma’zun37 bo‘lg‘anlarning ziyofat qilib maxdumga sarupo berishlari qoidada bor bo‘lsa ham, lekin aksar bolalar bu to‘g‘rida domlani – “ana-mana” bilan aldab ketarlar, saxiyroq otalar bu marosimni ado etib “ustoz”ni rozi qilmasalar, ammo ko‘bchilik maxdumni ranjitar edilar. Panjshanbalik bo‘lsa maktabning asos haqqi va bulardan boshqa “Qulyog‘a quymoq – Ammaga bo‘g‘irsoq – Yosing‘a yupqa”38 degan gaplar ham bo‘lar edi. Bolalar har yili bir marta “bo‘ryo puli” va oyig‘a bir necha bora “supurgi puli” ham to‘lab turar edilar.

Maxdum mumkin qadar bolalarni o‘z maktabiga jalb qilishg‘a tirishar, ayniqsa boy va bek bolalarini o‘z qo‘lig‘a olish uchun har bir chorani ko‘rar edi. Masalan, boy va a’yondan birining o‘g‘li boshqa maktabda o‘qub yurgan bo‘lsa, uni bolalar vositasi bilan o‘z maktabiga chaqirar, nima o‘qug‘anini, nimalar bilganini so‘rar, bola savog‘idan yaxshi javob beralmasa “sizda ayb yo‘q, o‘g‘lim, ustozingiz biroz shundayroq odam… xo‘b, xo‘b; bizning maktablarga ham kelib yuring! Men o‘zim sizni juda do‘st tutaman-da!” der edi. Tabi’iy, bolaning shu kundan boshlab o‘z domlasidan ko‘ngli sovur, tez kunda maxdumning maktabiga kelib kirar edi. Ba’zi vaqt chet maktab bolalari bilan shunday muomalani ko‘chalarda ham qilar va o‘g‘li bo‘lg‘an boy va ashroflarga ham juda sertakalluf, xoksorona salom berib, tanimasa ham ular bilan so‘rashar, nechta o‘g‘li borlig‘ini va ularning o‘qub-o‘qumag‘anliqlarini, o‘qishg‘a ixloslarini tekshirib, o‘zining ta’limida qo‘llang‘an yengil usullarini ham birmuncha tiqillatib o‘tar

Скачать книгу

32

Qabz – tutam; changal; qo‘l osti.

33

G‘usl – yuvinish.

34

Aybaki – mol terisidan ishlangan sifati past charm.

35

Sag‘ri – ot terisining dum tomon qismidin tayyorlangan charm.

36

Mablag‘ – boylik.

37

Ma’zun – ruxsat, izn olgan.

38

Qulyo, Amma, Yosin – Qur’ondagi suralar nomi.