Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Марк Твен
Чтение книги онлайн.
Читать онлайн книгу Tom Soyerning boshidan kechirganlari - Марк Твен страница 16
– Bilmadim, qanday bo‘ladi bu o‘zi?
– Qanday bo‘lar edi! Sen bir bolani yaxshi ko‘rasan-da, men hech vaqt shu boladan boshqa kishiga tegmayman, deysan. Keyin uni o‘pasan. Vassalom. Buni har kim ham qila oladi-ku.
– O‘pasan deysanmi? O‘pishning nima keragi bor?
– Nima keragi bor, chunki… Chunki u yaxshi bo‘ladi… Hamma ham shunday qiladi.
– Hamma-a?
– Ha, bir-birlarini sevgan kishilarning hammasi ham shunday qiladilar. Mening taxtaga yozib senga ko‘rsatgan so‘zlarim esingdami?
– Ha, esimda…
– Xo‘sh, o‘sha nima edi?
– Aytmayman.
– Balki, men aytsam bo‘lar?
– Ha, sen aytsang bo‘ladi… Faqat hozir emas, boshqa vaqtda.
– Yo‘q, hozir aytaman.
– Yo‘q, hozir emas, yaxshisi ertaga.
– Yo‘q, yo‘q, Bekki, hozir. Sekingina qulog‘ingga aytaman.
Tom, Bekkining ikkilanib turganligini ko‘rib, uning indamay turishini rozilik alomatiga yo‘ydi, belidan quchoqladi va og‘zini uning qulog‘iga qo‘yib, o‘sha so‘zlarni takrorladi. Keyin qizga qarab:
– Endi sen ham menga shunday deb ayt, – dedi.
Qiz ancha vaqtgacha yo‘q, yo‘q, deb turdi-da, keyin Tomga qarab:
– Bo‘lmasa sen teskari qarab tur, Faqat sen buni hech kimga og‘zingdan chiqarmaysan-a, durustmi, Tom? Hech kim bilmasin. Hech kimga aytmaysanmi?
– Yo‘q, yo‘q, hech kimga aytmayman, xotirjam bo‘l. Qani, Bekki, aytasanmi endi?
Tom teskari qarab turdi, Bekki esa uyalib:
– Men… sizni… sevaman! – dedi.
Shundan keyin o‘rnidan irg‘ib turdi-da, Tomdan qochib, stol va kursilar atrofida yugura boshladi. Tom esa uning orqasidan quvlab yurdi. Oxiri, qiz burchakka borib qisilib, yuzini oq fartugi bilan bekitib oldi. Tom qizning yelkasidan ushlab, unga gap uqdira boshladi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «ЛитРес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.