Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта страница 18

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта

Скачать книгу

– bevafolik.

      Bularning barchasini «sanam» juda qisqa vaqtda eng yuqori samara bilan hal etadi.

      «Sanamlar»ning motivatsiyasi boshqa oddiy odamlarning motivatsiyasidan farq qiladi. Masalan, real hayotda faqat tutqanoqlargina qasos olish g‘oyasiga intilishadi. Odatdagi kishi hozir va kelajak g‘amida bо‘ladi. Buning qiziq bir tasdig‘i bor. 30- yillarda mafiya bilan tolmas kurashchi bо‘lmish Chikago politsiyasining boshlig‘i kо‘pgina xavfli jinoyatchilarni panjara ortiga yuboradi. Ularning deyarli barchasi ozodlik bilan xayrlashar ekan, baribir politsiya bilan hisob-kitob qilaman, deb tahdid qilishardi. Ammo uning kо‘ngli tinch edi. U: «Qasos – jinoyatchining biznesi emas. Qamoqdan chiqqanidan keyin u kelajagi haqida о‘ylashi kerak», – derdi.

      Qalbini kasallik jizg‘anak qilgan tutqanoqning kо‘nglida g‘ayritabiiy о‘ch olish niyati pishib yetiladi. Ammo ular supermenlar xatti-harakatida ham xuddi shu tarzda sodir bо‘ladi. Bu bizga yoqadi, chunki yov qochgach, botir bо‘lish har birimizning orzuimizda bor. Biz buni supermenlar bilan birgalikda amalga oshiramiz. Qasoskorsupermen figurasini adabiy muomalaga «Graf Monte-Kristo»da Aleksandr Dyuma olib kirgan. Bu ajoyib tо‘qima edi. Monte-Kristo – haqiqiy supermen. U nimadir qilish otashin istagi bilan yashaydi, uni tо‘xtatib qoladigan tо‘siq yо‘q.

      Ammo «tanishlarimiz» oilasida Monte-Kristoga о‘rin yо‘q.

      Drama odamlari uchun personajlarning dramatik holatlari bilan fikr yuritishlari xuddi rassomning kaloritda ranglar nisbati orqali, baletmesterning esa plastik kombinatsiyalarda raqqosning harakatlari orqali о‘ylashi kabi tabiiydir.

      Ammo dramatik holatlar statik – harakatsiz bо‘lmaydi. Ular biz voqea haqida hikoya qilishimiz davomida rivojlanib boradi. Bizning ishimiz ayni konflikt davomida ularning rivojlanib borishidir. Konflikt – dramaning eng asosiy sо‘zidir. Bu asosiy, kalit tushuncha bilan tо‘liqroq tanishish uchun avvalo konfliktning hissiy kardiogrammasi bо‘lmish dramatik peripetiyalar bilan tanishib chiqamiz.

      Biz biror voqeani bayon qilar ekanmiz, avvalo auditoriya bilan bog‘lanish haqida jon kuydiramiz. Uni ekranda sodir bо‘layotgan hamma narsa qiziqtirishi kerak. Agar personaj о‘lim xavfi oldida serrayib qotib qolsa, bir qadar vaqt о‘tgach biz: «Nimadir qil yoki hech bо‘lmaganda, о‘lib qо‘yaqol», – deb о‘ylaymiz. Qahramon bilan aloqa uziladi. Dramatik peripetiya – konfliktdagi hissiy bog‘lanishning universal saqlovchisidir.

      DRAMATIK PERIPETIYA BAXTGA INTIL

      Tasavvur qilingki, siz Bloshin bozorida turk kampirdan eski mis kо‘za sotib oldingiz. Uni uyga olib keldingiz, yaltirashi uchun uni artdingiz. Birdan kо‘zadan bulut sizib chiqdi va jinga aylandi. Jin: «Nimani istasang shuni sо‘ra. Uyalma, tо‘liq rо‘yxat tuz. Shoshilma, men 6 ming yil kutib turdim, yana yarim soat kutib turaman», – dedi.

      Siz nima sо‘ragan bо‘lardingiz?

      «Bir million naqd pul. Barcha xalqaro festivallarning mukofotlari. Temirday mustahkam sog‘liq. Naomi Kempbel bilan yaqinlik. Yoki yaxshisi Klaudiya Shiffer bilan. Ha, mayli, har ikkisi bilan. «Yaguar», yо‘q, yaxshisi «Porshe»…»

      Bu rо‘yxat juda uzun bо‘lardi. Va siz kо‘p bora jinga: «Shoshmay tur, men yana otamga, onamga, singlimga, fransiyalik dugonamga yana nimadir yozay. Ha, о‘zim uchun pulga sotib olib bо‘lmaydigan yana bir arzimas narsa yodimga tushdi…»

      Agar siz tadbirkor inson bо‘lsangiz, jin tо‘liq rо‘yxatni yana uzoq vaqt kutadi.

      Agar bu jin bо‘lmasdan, siz daryodan tutib olgan kichkinagina oltin baliq bо‘lsachi? U sizning kaftlaringizda tipirchilayapti. Siz uni daryoga qaytarib tashlamoqchi bо‘lib turganingizda u birdaniga nafasi siqilgan holda:

      – Birgina tilagingni ayt… faqat bir sо‘z bilan, bittagina tilagingni… Voy, men shunchalik kuchdan qoldimki, bо‘g‘ilib ketayapman… qani… qani.. men kuta olmayman.. – deb pichirlab qoldi.

      Ana shunda siz titray boshlaysiz. Nima tilasam ekan? Boylikmi? Agar bedavo kasal bо‘ladigan bо‘lsangiz undan nima naf? Sog‘liqmi? Agar uyingizni yondirishsa-yu, oilangizni halok etishsa, bunda salomatligingizdan xursand bо‘lasizmi?

      Kafolat beramanki, qisqa vaqt orasida siz о‘z orzularingiz qopqonida qolasiz. Sizning barcha orzularingiz uchun kifoya birgina sо‘z yо‘q… Yо‘q… Jin bilan yarim soat ichida bir qarorga kela olmagan edingiz. Bu yerda esa bir sо‘z bilan hamma eng muhim narsalarni aytib bо‘ladimi? Yо‘q…

      Ammo shunday sо‘z bor. U uzoqlarda, bizning intilishlarimiz ufqida miltillab turibdi. U haqida biz bir umr orzu qilamiz. Va о‘limimiz oldida biz bolalikdan boshqa hech narsamiz bо‘lmagan bir paytda bunday boylikka ega bо‘lganligimizni eslaymiz. Siz «Grajdanin Keyn» filmidagi ushbu buyuk kadrni eslaysizmi: Keyn о‘layotir, uning qо‘lida shisha zо‘ldir, zо‘ldir ichida esa qor yog‘ayapti…

      Bu – «baxt»sо‘zidir.

      U bо‘lganida biz unga e’tibor bermaymiz, u bо‘lmaganida esa qolgan barcha narsalar ma’nosini yо‘qotadi.

      Baxt – biz tug‘ilgandan to о‘lgunga qadar ongli ravishda va hech kimga hisob bermagan holda bir umr intiladigan narsa. Nima bilan shug‘ullanishimizdan qat’i nazar biz baxtli bо‘lishni istaymiz. Va, eng ajablanarlisi shundaki, u hamisha oldinda, yonginangda, xuddi qо‘l uzatsang yetadigan joydadek bо‘ladi. Ushlaysan, ammo u xuddi hammomdagi hо‘l sovun parchasiday qо‘lingdan sirpanib chiqib ketadi. Xuddi ayozli qish kechasidagi orzu qilganing issiqqina о‘rindiqqa о‘xshaydi. Lippillab turadi va: «Qani, kel yonimga»– deb о‘ziga imlaydi.

      Baxt sari intilar ekan, kishi tog‘ni talqon qilishi mumkin. Baxt orzusi kishilarni eng ayovsiz jang sari ham birlashtirishi mumkin. Baxt uchun daryo-daryo qon tо‘kilishi va murdalardan tepaliklar qurilishi mumkin.

      Drama kishilarning baxt uchun kurashda kо‘rsatish о‘zining bosh vazifasi deb hisoblashi ajablanarli hol emas. Dramani eng keskin hodisalar va eng keskin ma’lumotlar qiziqtiradi Shu sababli, uning diqqat markazida baxt va baxtsizlik orasidagi inson turadi.

      Personaj dramada baxt sari intilganida, hammaning vujudi diqqatga aylanadi. Unga baxtsizlik hamla qilsa, hammani hayajon qamraydi. Ammo baxt bilan baxtsizlik bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketganida personajning xatti-harakatlariga bо‘lgan qiziqish yanada kuchayadi.

      U baxt sari intilayotgan edi, birdaniga baxtsizlikka rо‘barо‘ bо‘ldi. Baxtsiz edi, birdaniga baxt unga kulib boqdi. Bunday sxema drama uchun juda mahsuldor bо‘ladi. Bunday hol har bir kishining tajribasida bо‘lgan.

      Har safar «ana baxtga erishdim», deganimizda bizni kimdir turtib yuboradi, bizdan oldinga о‘tib olishadi va baxtimizga egalik qilishadi. Va baxt tomon yо‘l hech qachon tо‘g‘ri va erkin bо‘lmaydi. Shu tufayli baxt uchun kurash hammaga yaqin va tanishdir. Bu kurashni voqelikda kо‘rsatish tomoshabinni jalb qilishning eng yaxshi vositasidir.

      Baxt sari intilgan kishining baxtsizlikka tushib qolishiga hamdardlik qilishday g‘alati voqeani о‘z davrida qadimgi yunonlar ham payqagan edilar. Baxtdan baxtsizlik tomon, umidsizlikdan umid sari bо‘ladigan bunday harakatni yunonlar «PERIPETIYA» deb atadilar. U Aristotel poetikasining hal qiluvchi nuqtasidir. Insoniyat haligacha dramada tomoshabinni emotsional qо‘zg‘atish uchun undan durustroq hech narsa о‘ylab topa olgani yо‘q.

      Biz endilikda kuchli quvonch va kuchli g‘am-anduh stress reaksiyasini keltirib

Скачать книгу