Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта страница 21

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта

Скачать книгу

Bexosdan…

      Onasi о‘ladi. Baxtsizlik tomon peripetiya. Otasi ahmoq qizlari bо‘lgan g‘azabnok о‘gay onaga uylanadi. Baxtsizlk ortib boradi. Zolushka opalariga chо‘riday xizmat qiladi. Opalari va ota-onasi ziyofatga ketganida u yolg‘iz qoladi. U baxtsiz.

      Bexosdan sehirgar ayol paydo bо‘ladi va baxt tomon parvoz boshlanadi.

      Kalamushlar, sichqonlar va qovoq bir zumda foytun va xizmatkorlarga aylanadi. Zolushka chiroyli kiyimlar va xrustal tuflicha oladi. U ziyofatga boradi. Baxt sari shiddatli parvoz davom etadi.

      Ziyofatdagi mehmonlar beqiyos gо‘zal qizga maftun bо‘lishadi. Shahzoda unga oshiq bо‘lib qoladi. Zolushka baxtiyor. Ammo bexosdan…

      Hamma narsa barbod bо‘ladi va baxtsizlik tomon dumalab ketadi. Yarim kechada hamma narsasini bir onda yо‘qotgan Zolushka yugurib bormoqda. U yana baxtsiz.

      Shahzoda ham baxtsiz. U hamma joydan Zolushkani axtaradi. Va nihoyat uni topadi. Endi ularning ikkalalari ham baxtli.

      Mana shu oddiy hikoyada dramatik peripetiya tuzilmasi ishlamaydigan biror soniya yо‘q. Ammo: bu – oddiy bolalar ertagiku, deyishingiz mumkin. Bu tuzilma murakkab zamonaviy dramatik asarda qanday ishlaydi?

      Masalan, Tarkovskiyning «Stalker»ida. Sizni urintirib о‘tirmayman. Birdaniga ayta qolaman – xuddi Zolushkada bо‘lganiday ishlaydi. Bu shunchalik aniqki, har biringiz film tushirilgan videokasetani olib, kichkina bir tadqiqot о‘tkazishingiz mumkin.

      Boshqa bir buyuk asarni ham keltirsa bо‘lardi. «Stalker»ni shuning uchun oldimki, aka-uka Strugatskiylarning film ssenariysi qanday yaratilganligi haqidagi og‘zaki hikoyalari shundoqqina yodimda turibdi. Gap shundaki, Tarkovskiy filmni ola boshlagan va ssenariydan о‘ta kо‘ngli tо‘lmaganligi tufayli uni tо‘xtatgan. Strugatskiylar ssenariyning yangi variantini yozish haqidagi taklifni olishgan. Ular yozishgan. Tarkovskiy yangi variantni ham qabul qilmagan. Yana bir marta yozishgan. Yana muvaffaqiyatsizlik, ayni shu paytda Tarkovskiy nimani xohlayotganligini tushuntirmasdi ham. Butunlay umidsizlikka tushgan yozuvchilar о‘z hikoyalarini personajlarning hissiyotlari va harakatlari baxtsizlikdan baxtga tomon eng katta kо‘lamda maqsad sari rivojlanuvchi va yana baxtsizlikka tomon boruvchi melodrama kо‘rinishida taqdim qildilar. Strugatskiylar odatiy va vazmin holatida hech qachon bunday qо‘pol sxemani taklif qilmagan bо‘lishlarini ta’kidlashdi. Har holda uni taqdim qila turib, g‘alabaga umid qilmagan edilar. Ular prozaiklar edi. Bizning dramatik muammolar ular uchun yangilik edi.

      Ammo Tarkovskiy aynan mana shu «qо‘pol» variantdan qattiq quvondi. U hali hech qachon bunday ajoyib ssenariyga ega bо‘lmaganini bildiradi. Keyinchalik ssenariy bо‘yicha durdona asar yaratadi.

      Filmning falsafasi ziyon kо‘rmadi. Garchi omma idrokiga moslashtirilgan bо‘lsada, mazmunning chuqurligiga putur yetmadi. Film о‘zi uchun nima kerak bо‘lsa shunga – shakl sifatida dramatik peripetiyalar tuzilmasiga ega bо‘ldi. Chunki dramatik peripetiyalar film yaratish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Uning yordamida bayon qilingan voqealar tugallangan shakl sifatida namoyon bо‘ladi. Xudo drama mayli bilan siylagan dramaturglar bu shaklni intuitiv –ichki tuyg‘u bilan his qiladilar.

      DRAMATIK PERIPETIYA VOQEAGA BО‘LGAN QIZIQISHNI ORTTIRADI

      Bir safar men bunday «bexosdan»larning universal ta’siri haqidagi fikrim bilan og‘aynim, taniqli fantast Kir Bulichyev bilan о‘rtoqlashdim. U shunday dedi:

      – O, men hamisha shunday ishlayman. Faqat menda boshqa formula, «bexosdan» emas, balki «bu onang emas».

      – Bola uyga keladi, eshikni taqillatib, qichqiradi:

      – Oyi, oching – bu men!

      – Eshik sekin ochiladi, ammo bu onasi emasdi.

      – Unda kim edi?

      – Halitdan qiziqa boshladingmi?

      Bir kutilmagan narsadan boshqasiga tomon boruvchi dramatik peripetiyalar zanjiri – qiziqarli hikoya borishi mumkin bо‘lgan eng maqbul yо‘ldir.

      Barcha sarguzashtlar nimalardan iborat? Dramatik peripetiyalardan.

      Qahramonlar bilan turli hodisalar bо‘lishi mumkin. Muallif bо‘lishi mumkin bо‘lmagan xavf-xatarlarni о‘ylab topadi. Tuzilma bо‘lsa dramaning birdan-bir hujayrasi: xavf-xatar – baholash – qutulishni, ya’ni: baxtsizlik – baholash – baxt formulasini takrorlaydi.

      «Yо‘qolgan kema qidiruvchilari»ning boshini, Indian Jonsning Janubiy Amerikadagi sarguzashtlarini esga oling. Bir daqiqa ichida u о‘n marta muqarrar о‘lim xavfi ostida bо‘lishga va xavf-xatarni bir zumda baholab, yana ajalga rо‘baru bо‘lish uchun undan qochib qolishga hamda darhol keyingisiga duch kelishga ulguradi. Siz: bu «sanam»ning yо‘lida, deyishingiz mumkin.

      «Chо‘qintirgan ota»ning mijozi va og‘aynisi, kinoaktyor, xonanda va sо‘nib borayotgan kinoyulduz umidsizlik girdobida. Yangi filmdagi bosh rol uni yana yulduzga aylantirishi mumkin. Ammo u bu rolni ololmaydi.

      Don Korleone bu ishni tо‘g‘rilash uchun Gollivudga о‘z advokatini yuboradi. Biz allaqachon Korleone oilasi – ta’siri kuchli qavm ekanligini bilamiz va bu ishdan muvaffaqiyat kutamiz. Ammo bexosdan advokatni pavilondan qо‘pol tarzda haydab solishadi. Muvaffaqiyatga intilgan edi, ammo kutilmaganda – omadsizlik.

      Buning orqasidan taniqli Gollivud rejissori bu surbet advokatning kim ekanligini aniqlashni sо‘raydi. Bexosdan advokatni juda katta e’tibor bilan qabul qilishadi. Omadsizlik bо‘lgandi, bexosdan – muvaffaqiyat. Rejissor hurmatli mehmonga uyni, bog‘ni, bebaho sevimli toychog‘i saqlanadigan otxonani shaxsan о‘zi kо‘rsatadi.

      Ammo tushlik paytida advokatni muvaffaqiyatsizlik kutayotganligi aniq bо‘ladi. Aktyor hech qachon rol ololmaydi. Rejissor uni pastga urgan, sharmanda qilgan va bor budidan ayirgan bu yaramas aktyor haqida gapirganda g‘azab otiga minadi. Advokat xafa bо‘ladi, u mag‘lubiyatga rozi bо‘lganday edi.

      Ammo tunda rejissor bexosdan о‘z yotog‘ida qonga belangan holda uyg‘onadi. Uning oyoqlari ostida toychoqning, uning sevimli bebahosining kesilgan boshi yotardi. Larzaga tushgan rejissor dahshatdan qichqirib yuboradi. Karleone g‘alaba qiladi – aktyor rol oladi. Muvaffaqiyat – muvaffaqiyatsizlik – muvaffaqiyat – muvaffaqiyatsizlik. Bu mohiyatan baxt – baxtsizlikning о‘zidir.

      «Chо‘qintirgan ota» – «boy berilgan qalblar» faoliyat kо‘rsatadigan film. «Tanishlarimiz» haqidagi filmlarda dramatik peripetiyalar qanday zohir bо‘ladi? O, aynan mana shu joyda ularning tо‘liq tantanasi namoyon bо‘ladi. Biz bu qahramonlarni juda yaxshi tushunamiz. Ularning barcha quvonch va alamlari hech bir qiyinchiliksiz dramatik peripetiya zanjiriga о‘rilib ketadi. Yuzlab seriyali «sovun kо‘piklari» nima bilan ushlab turiladi? Dramatik peripetiyalar (mojarolar) shodasi bilan. Har daqiqada yangi «bexosdan» yuz beradi. Har safar, tomoshabin personajning yо‘ldagi kutilmagan yangi tо‘siqdan kо‘ngli chо‘kkanida va tо‘siq topqirlik bilan yengib о‘tilganida, u qahramon bilan ruhiy yaqinlashadi.

      Bu filmlarda dramatik peripetiyalar uchun maksimum yoki ortiqcha miqdor mavjud emas. Minimum mavjudmi? Minimum bor.

      Dramatik holatning uch pardali rivojlanishida har bir parda keyingisiga burilish nuqtasi orqali о‘tadi. Mana shu nuqta aynan о‘tkir, yorqin ifodalangan dramatik peripetiyadir.

      «Ayol hidi» – zamirida ikkita ajoyib

Скачать книгу