Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта страница 25

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта

Скачать книгу

bilaman! – dedim tirjayib.

      – Nimani bilasiz?

      – Hi-Hi! Men sambittol oldida Sasha bilan qanday о‘pishganingizni kо‘rdim. Men orqangizdan bordim va hammasini kо‘rdim…

      Zinochka chо‘chib tushdi, qip-qizarib ketdi va men qilgan ishoradan esankiragan holda ustiga suv tо‘la stakan va shamdon qо‘yilgan stulga о‘tirib qoldi.

      – Men sizlar qanday… о‘pishganlaringni kо‘rdim… – dedim men qiqirlab va uning dovdirashidan maza qilib. – Aha! Mana, onamga aytib beraman».

      Konflikt paydo bо‘ldi va jadallik bilan halokat sari yeldek uchib bormoqda. Biz konflikt – dramatik holat rivojlanishida asosiy vosita ekanligini allaqachon tushunib oldik. Har bir personajning о‘z dramatik holati bо‘ladi va ular konfliktda tо‘qnashadilar. Dramaning hayoti – bu konfliktdagi kurash, ikki dramatik holatning olishuvidir.

      DRAMATIK HOLATNING KONFLIKTDAGI RIVOJI

      Dramatik holat boshlanishda taranglikni vujudga keltiradi. Qahramon ilojsiz holatda. U bundan qanday chiqadi?

      Amerikaliklar qoidasida: dramatik konfliktdagi yovuzlik ijtimoiy yoki ekologik voqeada ifodalanishi mumkin emas, deyiladi. U falsafiy kategoriya sifatida yuzaga chiqa olmaydi. Yovuzlik albatta konkret antagonist qiyofasida jamlangan bо‘lib, u qahramon bilan shu yerning о‘zida va shu tobda kurashadi. Bunday yovuzlik tomoshabinni emotsional hamdardlikka hamma narsadan kо‘ra kuchliroq jalb qiladi, u rivojlanishi davomida kutilmagan voqealarga boy bо‘ladi.

      Yovuzlik tashuvchi personaj har qanday falsafiy g‘oyani ifodalashi mumkin, ammo buni sо‘z bilan emas, balki konfliktdagi xatti-harakati bilan qiladi. Agar u irqchi bо‘lsa, u nutq irod qilib о‘tirmaydi, balki negrlarni yoki yahudiylarni о‘ldiradi. Yovuzlik konfliktda о‘z xarakteri va shaxsiy manfaatlariga ega bо‘lgan aniq odam – antagonist kо‘rinishiga ega bо‘lishi kerak. О‘z xatti-harakatlari bilan raqib qahramonga savollar qо‘yadi. Qahramon xatti-harakatlari bilan unga javob beradi. Dramatik holatdan konflikt mana shu tarzda rivojlanadi. Savol – javob – savol – javob. Har bir voqea shunday bayon qilinadi, uni ikki kishi: qahramon va uning raqibi – antagonisti hikoya qiladi.

      Konfliktda hamisha ikki tomon: ikki shaxs, ikki guruh, ikki armiya yoki bir kishi hamma bilan tо‘qnashadi, ammo bu «hamma» konflikt uchun bir shaxs – antagonistdir. Har qanday holatda ham ikki shaxs bо‘ladi. Hatto sahnada birgina odam harakat qilsada, u konfliktning qatnashchisidir. Uning irodasi mavjud bо‘lmagan raqib bilan tо‘qnashishi mumkin. Hech bо‘lmaganda, u ichki konfliktni rivojlantirishi mumkin – qahramonning ruhidagi shayton uning qalb farishtasi bilan kurashadi. «Men istayman» kabi irodaviy xatti-harakat mavjud bо‘lgan hamma yerda u faqat konfliktdagi tо‘siq bilan tо‘qnashgandan sо‘nggina kо‘rinuvchan va tushunarli bо‘lib qoladi.

      Hamma sahnada ham konflikt tashqariga chiqavermaydi, ammo u hamisha mavjud bо‘ladi va rivojlanib boradi. Ba’zi sahnalar konfliktni tayyorlaydi, boshqalari uni anglashga harakat qiladi. Ammo ular hamisha konflikt bilan bog‘liqdir. Nimaiki konflikt bilan aloqador bо‘lmasa, u drama uchun ortiqchadir.

      Filmlarda iblis va farishtaning xatti-harakatlari osongina bilib olinadi. Ammo hayotda iblisni dastlabki paytda bilib bо‘lmaydi va farishta ham xarakterlarning himoyalovchi niqobi ostiga yashiringan bо‘ladi. Iblis va farishta – barcha konfliktlari yetarlicha aniq bо‘lgan melodramaning personajlaridir. Dramada har bir personaj qalbida iblis va farishta kurash olib boradi. Ular ichki konfliktni yaratadilar. Ularni tushunib yetish hamisha ham oson emas.

      Protogonist va antagonist dramada kо‘p hollarda biri yomon, boshqasi esa yaxshi bо‘lgani uchun kurashmaydi. Yо‘q. Faqat ularning ikkisi ham dramatik holatga ularning taqdirlari tо‘qnash kelgan va kelishish mumkin bо‘lmagan umumiy muammo tufayli jalb etilgandir.

      Er va xotin ajrashishdi, bolani bо‘lib ololmayaptilar. Ularning ikkalasi ham yaxshi odamlar, ikkalasi ham bolani yaxshi kо‘rishadi. Bola ham ularni yaxshi kо‘radi. «Kramer Kramerga qarshi» filmini esga oling. U yerda kuchli, rivojlangan konflikt, odamlarning esa hammasi yaxshi. Ammo ularning kurashayotgan maqsadlari bir-biriga mos emas.

      Konfliktning markazida eng muhim hayotiy manfaatlarga chuqur ta’sir etadigan qandaydir aniq narsa bо‘lishi lozim. Biz avval boshdanoq personajlarning manfaatlari qanday aniq narsa ustida tо‘qnashishini aniq bilishimiz lozim.

      «Olchali bog‘»da – yer-mulkni sotish.

      «Gamlet»da – qirolning о‘ldirilishi.

      «Romeo va Julyetta»da – ikki oilaning dushmanligi.

      Aniq muammolar odatda his-tuyg‘u uyg‘otuvchi detallar bilan о‘ralgan bо‘ladi. Ular konfliktning energetik yadrosini kо‘rinuvchan va hajmli qiladi, bu esa raqib personajlar dunyosiga emotsional tarzda kirib borishga yordam beradi.

      Abstraksiya esa bunday tuyg‘ular tug‘dira olmaydi. Ular biz orqali xuddi radiotо‘lqinlar devor orqali о‘tib ketganday о‘tib ketadi. Tushunchalar detallar va faol shaxslarning xususiyatlari bilan qoplangandagina ularning ongimizda yopishib qolish imkoniyati kо‘proq bо‘ladi.

      1. Er ovqat yemoqchi, xotinning esa uyqusi kelgan. Hali ular о‘zlarining oddiy xohishlarini tо‘qnashtirmagan bir paytda konflikt yо‘q edi. Er ishdan keldi va oshxonadagi bо‘sh muzlatgich oldida ovqat yegisi kelib turibdi. Xotin esa charchagan va televizor oldidagi divanda uxlashni xohlayapti. Konflikt yetilayapti. Mana biz personajlarni tо‘qnashtiramiz. Er keladi va:

      – Ey, men charchaganman, ovqat yeyishni xohlayapman, – deydi. Xotin esa:

      – Men ham charchaganman va uxlashni xohlayapman, – deb javob beradi.

      Bitta «men xohlayapman» ikkinchi «men xohlayapman» bilan yuzma-yuz tо‘qnashdi. Agar bu «men xohlayapman»lar turli maqsadga ega bо‘lsa, konflikt rivojlanadi.

      Bizning vazifamiz – personajlarni yarashtirib qо‘yish emas, balki konfliktni halokat darajasigacha rivojlanishi uchun turtki berishdir.

      2. Er: «Men hо‘kizday ishlayman, charchayman, uyda bо‘lsa menga hech qanday e’tibor yо‘q! Xotinim meni hurmat qilmaydi. Uni meni hurmat qilishga majbur qilaman», – deb о‘ylaydi.

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «Литрес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

Скачать книгу