Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта страница 6

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта

Скачать книгу

QADAM. QIZIQUVCHANLIK – MUHABBAT DARVOZASIDIR

      Qachonlardir, qadim zamonlarda, urushgacha bо‘lgan davrlarda, Gorkiy nomli studiyada «Qanday qilib Ivan Ivanovich Ivan Nikiforovich bilan urishib qoldi» degan dastlabki ovozli filmlardan biri olingan edi. Syujetga kо‘ra, chо‘chqa departamentdagi urim-burim koridorlardan yugurib о‘tib borishi, mansabdor kishining qо‘lidagi qog‘ozni yulib olishi va yeb qо‘yishi kerak edi.

      Vazifani bajarib bо‘lmaydiganga о‘xshardi. Chо‘chqa it emaski, uni tryuklarga о‘rgatsang. Tabiiyki, barcha jonivorlarning, shu jumladan, chо‘chqalarning ham mashhur о‘rgatuvchisi – Durovni chaqirishadi. U quloq eshitmagan miqdordagi mablag‘ – 700 sо‘m pul sо‘raydi. Bu о‘sha davr uchun hali quloq eshitmagan voqea edi. Film direktori:

      – Bunday bо‘lishi mumkin emas! – deydi. Rejissor:

      – San’at uchun mumkin! Gogol uchun mumkin! – deb qichqiradi.

      Shuni deb filmni tо‘xtatib bо‘lmaydi-ku… Oqibat direktor tо‘lashga va’da beradi. Bundan tashqari, yana Durov dubl uchun 5 ta chо‘chqa, ikki quti murabbo va bir quti konyak ham sо‘raydi. Shundan sо‘ng ikki oyga u yerni tark etib, bezovta qilmasliklarini sо‘raydi.

      Tasvirga tushirishga bir hafta qolganida direktor ishlar qanday ketayotganligini bilish uchun sirkka keladi. Durov: hammasi joyida bо‘ladi, deb tinchlantiradi. Ozgina konyakdan qо‘shish kerak, berganlaringni hammasi ishlatildi, deydi. Yana bir quti konyak qо‘shadilar. Tasvirga tushirish oldidan direktor chо‘chqalarni olib kelishga ma’murni mashina bilan yuboradi. Ammo Durovning qо‘rasida faqat bitta chо‘chqa bor edi.

      – Qolganlari qani? Soddadil qorovul esa:

      – Yeb qо‘ydik, – deb javob qiladi.

      – Konyak qani?

      – Ichib bо‘ldik.

      Direktor qо‘rquvdan dag‘-dag‘ titrardi – nahotki tasvirga tushirish barbod bо‘lsa? Studiyaga birgina chо‘chqani keltirishadi va bu qimmatbaho jonivorni direktorning xonasiga joylashtirishadi. Bu yog‘i hammasi unga bog‘liq edi.

      Tasvirga tushirish kuni Durov paydo bо‘ladi. Unda na uzun qamchi, na uchida ilmoqlar о‘rnatilgan tayoqlar – hech bir moslama yо‘q edi:

      – Chо‘chqa qayerda yugurishi kerakligini kо‘rsating, – dedi u. Rejissor unga:

      – Mana bu bizning dekoratsiyalarimiz. Mizansahna quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi: chо‘chqa bu tomondan chiqadi, koridor bо‘ylab yuradi, buriladi, yana bir marta buriladi, bu yerda mansabdorning stoli. Bu yerdan u muhim qog‘ozni olishi, uni yeyishi va orqaga qochib ketishi kerak. Bu mizansahnani tayyorlash uchun sizga necha kun kerak?

      – Kun? – deb sо‘radi hayron bо‘lgan Durov, – Hoziroq hammasini qilamiz.

      – Jonivor yangi vaziyatga kо‘nikishi uchun, balki sizga chiroqlar yoqilmagan holda mashq qilish kerakdir? – sо‘raydi operator.

      – Yо‘q, men hammasini mashq qilganman. Chiroqlarni yoqing, kinoapparatni ulang. Chо‘chqa hammasini qiladi.

      – Sinov uchun tasvirga olish kerak emasmi?

      – Hech qanday sinov kerakmas. Hammasini biratо‘la qilamiz.

      Operator chiroqni joylashtiradi. Durov chо‘chqa bilan kutib turadi. Hamma narsa syomka uchun tayyor, guruhning asablari taranglashgan, direktor volidol sо‘rmoqda. Durov portfeldan murabbo olib chiqadida, u bilan chо‘chqa yugurishi kerak bо‘lgan yо‘lning hamma joyiga, polga har bir-bir yarim metriga surtib chiqadi. Keyin murabboni muhim qog‘ozning pastki burchagiga suradi va uni stol ustiga qо‘yadi. Shundan keyin:

      – Biz tayyormiz! – deydi.

      Chо‘chqa asabiylasha boshlaydi, uning tumshug‘i titray va yulqina boshladi. U qо‘ldan chiqib ketmoqchi bо‘lardi.

      Rejissor komanda beradi:

      – Motor! Boshladik!

      Durov chо‘chqani qо‘yib yuboradi. U yо‘l-yо‘lakay poldagi murabboni yalaganicha, koridor bо‘ylab yugurib ketadi. Mansabdor shaxs qо‘lida muhim qog‘ozni ushlab turgan stolga keladi, uni tortib oladi, yeb qо‘yadi va orqaga yuguradi. Hammasi tasvirga olindi.

      – Yana bir dubl olish mumkinmi? – sо‘raydi rejissor.

      – Menga desa о‘n marta oling. Chо‘chqa murabbodan tо‘ygunicha olavering. Ana shunda film direktori о‘zini tutolmadi:

      – Siz aldoqchisiz! Sizga beshta chо‘chqa ham, konyak ham kerak bо‘lmagan. Men bunday oddiy tryuk uchun shuncha katta pul tо‘lamayman!

      – Xayr! – dedi Durov. – Hammasini о‘zingiz kо‘rdingiz. Mana chо‘chqa, mana murabbo, ikkinchi dublni о‘zingiz oling.

      Turadi-yu, ketadi. Chо‘chqa xurillaydi. Odamlar hayron. Rejissor qichqiradi:

      – Durovni qaytaringlar! Hoyna-hoy uning qandaydir siri bor! Hammasi shunday osongina bо‘lishi mumkin emas!

      Durovni qaytarishadi. Uzr sо‘raydilar. Gonorarini tо‘liq tо‘laydilar. U bо‘lsa bir-birini aynan takrorlovchi yana beshta dubl qilib beradi.

      Tomoshabinni о‘z hikoyamiz olamiga olib kirishning ham xuddi shunga о‘xshash oddiy yо‘li bor. Tomoshabin uchun butun yо‘lga murabbo surib chiqing. Chо‘chqa bolasi esa siz xohlagan tomonga yugura boshlaydi. Murabbo esa tomoshabinning qiziqishini qondiruvchi ma’lumotlardir. Uni kichkina bо‘lakchalarga bо‘lib chiqish va yо‘l bо‘ylab joylashtirib chiqish kerak. Ba’zi bir zukko kishilar bunday qо‘pol hazil tufayli hayratdan qotib qolishlari mumkin. Zigmund Freyd va Karl Gustav Yungni о‘qinglar. U yerda tomoshabin va kitobxon о‘z emotsional diqqatlari uchun olishi lozim bо‘lgan mukofotlar haqida aytiladi.

      Biz ham bizga ma’lum bо‘lgan butun axborotni mayda bо‘lakchalarga bо‘lib chiqishimiz lozim. 1 bit = harakatga keltiruvchi 1 tomchi axborot.

      Yuzaki qaraganda bu juda osonday. Harflarni tartibli joylashtirish tufayli sо‘zni topish talab etiladigan eng bema’ni televizion kо‘rsatuv ham millionlab kishilar diqqatini о‘ziga tortadi. Nega shunday? Chunki odam qiziquvchan. Unda simmetriya hissi mavjud – u barcha topishmoqlarning javobini bilishni istaydi.

      Sinchikovlik – qiziqishning birinchi bosqichidir. Hurmatli xonimni kim о‘ldirdi? Uning bosh xizmatkori politsiyadagi sо‘roq paytida nega dag‘-dag‘ titrab, terga botmoqda? Bu paytda uning sohibjamol jiyani о‘z dо‘sti bilan chordoqdagi yotoqda nimalar bilan band edi? Nega it hurmadi?

      Film auditoriyaga savol beradi, biz uning javobini tomchimatomchi suzg‘ichdan о‘tkazamiz. Har bir javobda yangi savol turadi. Shu tariqa axborotni nazorat qilish bilan biz tomoshabin diqqatini ushlab turamiz. Savol – javob, savol – javob… Bо‘laklardan bir butun axborotni tashkil etish auditoriyaga yoqadi.

      Qiziquvchanlik har birimizni qaysidir yopiq narsani qanday qilib ochish yо‘llarini izlashga majbur qiladi. Biror narsa haqida hikoya qilinayotganda tomoshabinning qiziqishini uyg‘otishning oson qoidalari mavjud:

      1. Axborotni mayda ulushlarga bо‘lib bering.

Скачать книгу