Ko`rinmas odam. Герберт Уэллс

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Ko`rinmas odam - Герберт Уэллс страница 8

Жанр:
Серия:
Издательство:
Ko`rinmas odam - Герберт Уэллс

Скачать книгу

rangi quv o‘chgan missis Banting zinapoyadan asta-sekin tushib kelardi. O‘g‘ri o‘zi yashayotgan hududdan bo‘lishi kerak degan ishonch janob Bantingning yuragiga birmuncha dalda berdi.

      Keyin ular pulning jiringlashini eshitishdi va o‘g‘ri ro‘zg‘or uchun olib qo‘yilgan mablag‘ – yarim soverenlik ikki funt-u o‘n shilling pulni topib olganini anglashdi. Bu holat janob Bantingning kuchiga kuch qo‘shib yubordi. U kosovni mahkam ushlaganicha xonaga bostirib kirdi. Missis Banting ham erining ketidan qolmay, xonaga kirdi.

      – Taslim bo‘l! – g‘azab bilan qichqirdi janob Banting va hayron bo‘lib to‘xtab qoldi: xonada hech zog‘ yo‘q edi.

      Biroq bundan bir daqiqacha oldin, shak-shubhasiz, bu yerda kimdir yurgandi. Er-u xotin yarim daqiqacha dong qotib turdilar, keyin missis Banting darpardani ochib ko‘rdi, janob Banting bo‘lsa, engashib stolning ostiga qaradi-da, keyin kaminning ichiga nazar tashlab, kosov bilan uning quvurini titib ko‘rdi. Ular qog‘oz solinadigan savatni ham, ko‘mir solingan qutini ham tekshirib chiqishdi. Shundan so‘ng ular hayron bo‘lishib bir-birlariga baqrayganlaricha qarab qolishdi.

      – O‘lay agar… – dedi janob Banting. – Ha, aytmoqchi, shamchi! – deb xitob qildi u, – shamni kim yoqdi?

      – Quti-chi! – dedi missis Banting.

      – Pullar qayoqqa ketdi?

      Missis Banting shoshilib eshik tomon yurdi.

      – Umrim bino bo‘lib bunaqangi…

      Dahlizda allakim qattiq aksirdi. Ular xonadan yugurib chiqishdi, shu payt oshxonaning eshigi taraq etib yopilgani eshitildi.

      Shamni keltir-chi, – dedi janob Banting va oldinga qarab yurdi. Ular kimdir shosha-pisha eshikning tambasini olib tashlayotganini aniq eshitishdi.

      Oshxonaning eshigini ocha turib, janob Banting ko‘cha eshikning ochilayotgani va tongning g‘ira-shira yorug‘ida bog‘dagi ko‘katlar qorayib ko‘zga chalinganini ko‘rdi. Biroq keyinchalik u eshikdan hech kim chiqqani yo‘q, buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deb yurdi. Eshik ochildi-yu, keyin taraqlab yopildi. Missis Banting olib kelayotgan sham lipillab, ravshanroq yondi. Ular oshxonaga qaytib kirishguncha oradan bir necha daqiqa vaqt o‘tdi.

      U yerda ham hech kim yo‘q edi. Ular eshikni qaytadan tambalashdi, oshxonani, qaznoqni va idish-tovoq saqlanadigan xonani diqqat bilan ko‘zdan kechirishdi, nihoyat, yerto‘laga tushishdi. Biroq qanchalik sinchiklab axtarishmasin, hech kimni topisha olmadi.

      Tong otganida vikariy bilan xotini juda antiqa libosda, hamon uylarining pastki qavatida, tamom bo‘layotgan shamning oldida o‘ylayverib boshlari qotgan holda o‘tirishardi.

      – Umrim bino bo‘lib bunaqangi… – yigirmanchi marta derdi vikariy.

      – Azizim, – deb uning gapini bo‘ldi missis Banting, – o‘sha Syuzi kelyapti. U oshxonaga o‘tib ketsin, keyin biz kirib kiyinaylik.

      VI bob

      QUTURGAN MEBEL

      O‘sha kuni ertalab, ya’ni arvohlar kuni tong qorong‘isida hatto oqsoch qiz Milli ham uxlab yotarkan, janob va missis Xoll o‘rinlaridan turib, sezdirmasdan yerto‘laga tushishdi. Yerto‘lada ularning pivoni kuchli qilishga andak aloqador bo‘lgan ishlari bor edi.

      Pastga tushishga ulgurmasidanoq missis Xoll yotoqxonalarida turgan sarsaparelli shishani unutganini esladi. Qilinajak ishning ustasi missis Xoll bo‘lganidan, shishani olib kelish uchun tepaga eri chiqdi.

      Janob Xoll zinapoyaga chiqqach, ijarachi turadigan xonaning eshigi qiya ochiqligini ko‘rib hayron bo‘ldi. Yotoqxonaga kirib shishani xotini aytgan joydan topdi.

      Biroq erto‘laga qaytib tushayotganda, ko‘cha eshigining tambalari ochib qo‘yilgani, eshik lo‘kidon bilangina berkitilganini payqab qoldi. Janob Xollning xayoliga bir gap keldi-yu, buni u darhol ijarachining qiya ochiq eshigi hamda Teddi Xenfrining shubhalari bilan taqqosladi. Chunki kechasi missis Xoll eshikni tambalayotganida, o‘zi sham ushlab turganini aniq eslardi. U hang-u mang bo‘lib to‘xtab qoldi, keyin qo‘lidagi shishasi bilan yuqoriga qaytib chiqdida, ijarachining eshigini taqillatdi. Ichkaridan javob bo‘lmadi. U yana bir bor taqillatdi-da, so‘ng eshikni lang ochib ichkariga kirdi.

      Haqiqatan ham o‘zi o‘ylaganday bo‘lib chiqdi. Xonada hech zog‘ yo‘q bo‘lib, o‘rin taxi buzilmay turardi. Noma’lum kishining engil-boshi kresloda, karavot panjarasida palapartish osilib yotardi, uning bintlari va keng soyabonli shlyapasi ham karavotda osig‘liq turardi. Ijarachining boshqa kiyimi bo‘lmagani uchun bu hol hatto zehni uncha o‘tkir bo‘lmagan Xollga ham nihoyatda taajjublanarli holat edi.

      U xona o‘rtasida dovdirab turarkan, pastdan, yerto‘ladan xotinining G‘arbiy Susseks aholisiga xos bo‘lgan chiyildoq ovozini eshitdi. Missis Xollning labi labiga tegmay bobillab gapirishi uning juda ham toqati toq bo‘lib ketganidan darak berardi.

      – Jorj! – deb baqirardi ayol. – Kerakli narsani topdingmi?

      U burilib xotini yoniga shoshildi.

      – Jenni! – deb qichqirdi u, yerto‘laga tushiladigan zinapoya panjarasi ustidan engashib. – Xenfrining gapi to‘gri chiqib qoldi-ku. Ijarachimiz uyda yo‘q. Ko‘cha eshikning ham tambasi ochilib yotibdi.

      Avvaliga missis Xoll gap nimada ekanini tushunmadi, keyin voqeaning qanchalik jiddiy ekanini fahmlagach, bo‘sh yotgan xonani o‘zi borib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Hali ham shishani qo‘lidan qo‘ymagan janob Xoll oldinga tushib yo‘l boshladi.

      – Uning o‘zi yo‘q, kiyimlari esa shu yerda, – dedi janob Xoll.

      – Qipyalang‘och ahvolida qayerda sang‘ib yurganikin? Taajjub.

      Ular yerto‘laning zinapoyasidan chiqayotganlarida, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, xuddi birov ko‘cha eshikni ochganday, so‘ng qaytadan yopib qo‘yganday tuyuldi, lekin eshikning yopiq turganini ko‘rib, er-u xotin o‘sha daqiqada bir-birlariga hech nima demadilar. Dahlizda missis Xoll erining oldiga o‘tdi-da, zinapoyaga birinchi bo‘lib chiqdi. Shu payt ularning yonida allakim aksirib yubordi. Olti pog‘ona pastda bo‘lgan Xoll xotinim aksirdi deb o‘yladi, xotini esa eri aksirganiga amin edi. Missis Xoll yuqoriga chiqib, eshikni lang ochdi-da, musofirning xonasini ko‘zdan kechira boshladi.

      – Umrim bino bo‘lib bunaqasini ko‘rmaganman! – dedi u.

      Shu mahal, uning shundoq yonginasida allakim tomoq qirib qo‘ydi, missis Xoll orqasiga o‘girildi-yu, hang-mang bo‘lib qoldi, chunki eri yigirma qadam chamasi narida, zinapoyaning yuqori pog‘onasida turgan edi. Buni ko‘rib, janob Xoll darrov xotinining yoniga keldi. Xotini esa engashib, yostiq va ko‘rpaning jildini paypaslab ushlab ko‘rdi.

      – Sovuq, – dedi u, – uning bu yerdan chiqib ketganiga bir soatdan ko‘proq bo‘libdi, – Missis Xoll shu so‘zlarni aytib ulgurmasidanoq aqlga sira to‘g‘ri kelmaydigan qiziq bir hodisa yuz berdi: ko‘rpaning jildi o‘zidan-o‘zi g‘ijimlanib, karavotning panjarasi ustidan uchib o‘tdi. Allakimning qo‘li ko‘rpa bilan choyshabni g‘ijimlab, yerga olib tashlaganday bo‘ldi. Shundan so‘ng noma’lum kishining shlyapasi osig‘liq turgan joyidan sakrab ko‘tarildi-da, havoda yarim doira yasab borib, missis Xollning basharasiga urildi. Undan keyin o‘shanday tezlik bilan yuvinish idishi oldidagi sovun ham havoda g‘izillab uchdi; shundan so‘ng kreslo noma’lum kishining kostyumi bilan shimini silkib tushirdi-da, ijarachining o‘ziga o‘xshab qiqirlab kulganicha

Скачать книгу