Suv ostida sakson ming kilometr. Жюль Верн
Чтение книги онлайн.
Читать онлайн книгу Suv ostida sakson ming kilometr - Жюль Верн страница 29
5
Forshteven – kema tagto‘sinining kema burniga kelib taqaladigan uch qismi.
6
Arxershteven – tagto‘sinning kema quyrug‘iga kelib taqaladigan qismi.
7
Aristotel – qadimgi Gretsiyaning buyuk olim va mutafakkirlaridan biri (eramizgacha 384–322-yillar). Kay Sekund Pliniy – rimlik yozuvchi va olim (eramizgacha 23–79-yillar).
8
Linney Karl (1707–1778) – shved naturalisti.
9
Ya’ni soatiga o‘n uch dengiz milyasi. Bir dengiz milyasi –1852 m.
10
Kabelt – uncha katta bo‘lmagan masofalarni o‘lchaydigan dengiz o‘lchovi (taxminan 200 metr).
11
Okeanning eng chuqur yeri 10000 metrdan ortiqroqdir (Tinch okeanda); 12000–15000 metr chuqurlik esa yo‘q.
12
Narval – kitsimon sutemizuvchi yakkashox dengiz hayvoni. Urg‘ochi narvallarning chap jag‘ining yuqori qismida katta qoziq tishi bo‘ladi.
13
Atlantik okeandan Tinch okeanga Amerika qit’asining shimoliy qirg‘oqlari yonidan o‘tadigan yo‘l.
14
So‘z o‘yini. «Konsel» (consiel) – fransuzcha maslahat degani.
15
Baken – kemalar yuragidan suvlarda xavfli joylarni ko‘rsatish uchun langarga bog‘lab qo‘yilgan suzgich.
16
Garpun – uzun arqonga bog‘lab dengiz hayvonlariga otiladigan nayza.
17
Rable Fransua (taxminan 1495–1553-yillar) – Uyg‘onish davridagi eng yirik fransuz yozuvchisi.
18
Yut – kemada yuqori palubaning quyruq qismi.
19
Gals – kemaning shamol yo‘nalishiga tomon yurishi.
20
Shtirbort – kemaning o‘ng tomoni, chekkasi.
21
Rey – kema machtasining ko‘ndalang to‘sini.
22
Gimnot – elektr ugol (ilonbaliq).
23
Bizan – kema ortidagi kichik machta.
24
Lag – kemaning bosib o‘tgan yo‘lini yoki tezligini aniqlaydigan asbob.
25
Faradey – ingliz fizigi
26
Arago – fransuz fizigi va astronomi.
27
Sitseron – qadimgi Rim notig‘i va yozuvchisi (bizning eramizgacha 106–43-yillar).
28
Antipodlar – yer yuzining bir-biriga tamoman teskari ikki tomonida yashaydiganlar.
29
Styuard – kema xizmatkori.
30
Kok – kema oshpazi.
31
Grot-machta – yelkanli kemalarda o‘rtadagi eng baland machta.
32
Monitor – dengiz qirg‘oqlarini mudofaa qilish yoki qirg‘oq istehkomlariga hujum etish uchun moslashtirilgan zirhli harbiy kema
33
Nemo – lotincha «hech kim» degani.
34
Nautilus – lotincha kema degani.
35
Neptun – qadimgi rimliklarda dengiz xudosi.
36
Karakatitsa – yumshoq tanli dengiz molluskasi.
37
Zoofitlar – jonivor-o‘simliklar. Ilgari ignaterilar, mshankalar, ichakbo‘shlar, bulutlar (suv jonivori) va ayrim qurtlarni shunday deb atashgan.
38
Palisandr – ba’zi tropik daraxtlarning qattiq, qimmatbaho yog‘ochi.
39
Ballistika – artilleriya snaryadlarining uchishini o‘rganadigan fan.
40
Gidrologiya – yer sharining suv bilan qoplangan (okeanlar, dengizlar, ko‘llar va daryolar) qismining fizik xususiyatlarini o‘rganadigan fan.
41
Orfey – qadimgi grek mifologiyasidagi ashulachi. U o‘z qo‘shiqlari bilan daraxtlar va qoyalarni harakatga keltirgan, yirtqich hayvonlarni o‘ziga rom qilgan.