Капитан Грант болалари. Жюль Верн

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Капитан Грант болалари - Жюль Верн страница 9

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
Капитан Грант болалари - Жюль Верн

Скачать книгу

bu so‘zlarga zarracha ham e’tibor bermadi, u kapitan Grantni topib kelish maqsadidan aslo qaytmadi. Glenarvanning bu ishini qoralagan kishilarning ko‘pi ayni vaqtda ichdan unga qoyil bo‘lardilar. Borib-borib, butun afkor-omma ochiqdan-ochiq Glenarvanni yoqlab chiqdi, shuning uchun ham hukumat gazetalaridan tashqari barcha matbuot admiralteystvodagi lordlarni bir og‘izdan qoraladi. Glenarvan esa maqtovlarga ham, qoralashlarga ham e’tibor bermasdi – u o‘zining burchi deb hisoblagan ishni amalga oshirmoqda, boshqasi bilan uning nima ishi bor?

      24-avgustda Glenarvan, Elen, mayor Mak-Nabbs, Meri va Robert Grantlar, kema styuardi32 mister Olbinet, uning Elen Glenarvanga xizmat qiluvchi xotini missis Olbinet Malkolm-Kestldan jo‘nab ketishdi. Glenarvan oilasiga sodiq bo‘lgan xizmatkorlar ularga butun yurakdan oq yo‘l tilab, xayrlashdilar.

      Bir necha soatdan so‘ng sayohatchilar «Dunkan» bortiga chiqdilar. Tinch, rohat turmushidan kechib, halokatga uchragan baxtsizlarni qutqarishga oshiqqan mard xotin Elenni Glazgo aholisi mehr bilan qizg‘in tabrikladi.

      Glenarvan bilan Elenga ajratilgan kayutalar «Dunkan»ning yut qismida bo‘lib, ikki yotoqxona, mehmonxona va kiyinibyuvinish uchun ajratilgan ikkita kichkinagina bo‘lmadan iborat edi. So‘ngra kemada yana bir umumiy kayut-kompaniya bo‘lib, unga oltita kayutaning eshigi ochilar edi, undan beshtasini Meri va Robert Grantlar, mister va missis Olbinetlar va mayor Mak-Nabbs egallagan edilar. Jon Mangls bilan Tom Ostinning kayutalari kemaning tumshuq tomonida joylashgan bo‘lib, eshigi palubaga ochilardi. Komanda esa palubalar o‘rtasidagi kayutalarga joylashtirilgan edi; joy keng va butun qulayliklari bor edi, chunki kemada ko‘mir, oziq-ovqat va quroldan boshqa hech qanday yuk yo‘q edi. Shunday qilib, kapitanning ixtiyorida joy juda ko‘p edi, u esa bundan ustalik bilan foydalandi.

      «Dunkan» 25-avgust erta tong soat uchlarda, suv qayta boshlaganda dengizga chiqishi kerak edi.

      Kechqurun soat o‘n birda hamma kemada bo‘ldi. Kapitan bilan komanda jo‘nab ketish uchun oxirgi tayyorgarlik ishlarini ko‘ra boshladilar. Yarim kechada bug‘ qozonlariga o‘t yoqildi. Kapitan o‘tga tezroq ko‘mir tashlash to‘g‘risida buyruq berdi, ko‘p o‘tmay kema trubalaridan chiqqan qop-qora tutun tungi tumanga ulanib ketdi. Janubi-g‘arb shamoli esayotgani uchun yelkanlardan foydalanib bo‘lmas edi – dudlanib qolmasligi uchun ularni kanop g‘iloflar bilan yaxshilab o‘rab qo‘yildi.

      Soat ikkida «Dunkan»dagilar bug‘ qozonlarining kuchi bilan kemaning titray boshlaganini sezdilar; manometr to‘rt atmosfera bosim kuchini ko‘rsatardi; qizib ketgan bug‘ klapanlar ostidan chiyillab otilib chiqa boshladi. Dengiz suvining ko‘tarilishi to‘xtadi, suvning qaytishidan oldingi vaqtincha tinish payti boshlandi. G‘ira-shira tong otib kela boshladi, Klayd daryosining farvateri, uning tong yorig‘ida xiralasha boshlagan baken33 chiroqlari ko‘rina boshladi. Yo‘lga chiqish payti keldi. Jon Mangls buni Glenarvanga xabar qilishni buyurdi. Glenarvan tez palubaga ko‘tarildi.

      Ko‘p o‘tmay suv qayta boshladi. «Dunkan»ning qattiq hushtagi yangradi: kema bog‘lab qo‘yilgan qoziqlardan bo‘shatildi va qirg‘oqdan ajraldi. Vint ishga tushdi va «Dunkan» daryo farvateridan yo‘lga chiqdi. Jon lotsman34 olmadi; Klayd daryosining farvaterini u juda yaxshi bilar, kemani ochiq dengizga hech kim undan yaxshiroq olib chiqa olmas edi. Kema o‘z kapitanining irodasiga bo‘ysunib, itoat bilan borardi. Kapitan ishonch bilan o‘ng qo‘lida mashinani va so‘l qo‘lida rulni boshqarar edi. Ko‘p o‘tmay qirg‘oqdagi eng so‘nggi zavodlar ham orqada qoldi, qirg‘oqdagi tepalar ustiga joylashgan villalar ko‘zga tashlana boshladi. Shahar shovqini orqada qoldi.

      Bir soatdan so‘ng «Dunkan» Dumbarton qoyalari oldidan o‘tdi; ikki soatdan so‘ng u Klayd qo‘ltig‘iga yetib bordi… Ertalab soat oltida esa «Dunkan» ochiq dengizga chiqib oldi.

      Oltinchi bob

      OLTINCHI KAYUTADAGI YO‘LOVCHI

      Safarning birinchi kuni dengiz ancha notinch edi; kechga borib shamol yana biroz kuchaydi. To‘lqinlar «Dunkan»ni kuchligina chayqar edi. Shuning uchun ayollar palubaga chiqmadilar. Ular kayutalardagi koykalarda yotar edilar.

      Ertasiga shamolning yo‘nalishi bir qadar o‘zgardi. Kapitan Jon Mangls fok, kontr-bizan va kichik marsel yelkanlarini ochishni buyurdi. Shundan so‘ng «Dunkan»ning chayqalishi kamaydi. Elen bilan Meri Grant ertalab palubaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Glenarvan, mayor va kapitan ham shu yerda edilar.

      Quyoshning chiqib kelishi juda jozibador edi. Kattakon oltin doiraga o‘xshagan quyosh nihoyatda katta galvanik vannadan ko‘tarilib kelayotgandek edi. «Dunkan» zarrin nurlar ustidan suzib borar, uning yelkanlarini shamol emas, quyosh nurlari kelib yoyayotgandek tuyulardi.

      Kema yo‘lovchilari quyoshning ko‘tarilib kelishini indamay turib tomosha qildilar.

      Nihoyat bu jimlikni Elen buzdi.

      ‒ Qanday go‘zal manzara-ya! – dedi u. – Quyoshning bunday chiqishi kunning yaxshi bo‘lishidan darak beradi. Faqat shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmay, orqadan esib tursa bo‘lgani!

      ‒ Bundan yaxshi shamolni orzu qilish ortiqcha, azizim Elen, – dedi Glenarvan, – sayohatimizning bunday muvaffaqiyatli boshlanishidan mamnun bo‘lishimiz kerak.

      ‒ Azizim Eduard, biz manzilga qancha vaqtda yetamiz?

      ‒ Buni faqat kapitan Jon ayta oladi, – dedi Glenarvan. – Qalay ketyapmiz, Jon? Kemangizdan xursandmisiz?

      ‒ Juda xursandman, ser. «Dunkan» juda yaxshi kema, bunday kemada suzgan har bir dengizchi o‘zini baxtiyor sezadi. Mashina ham, korpus ham bir-biriga juda mos tushgan. Shuning uchun kema to‘lqinlarni osongina yorib o‘tib, orqada tekis iz qoldirib kelmoqda. Biz hozir soatiga o‘n yetti dengiz milyasi tezligida ketyapmiz, agar bu tezlik kamayib qolmasa, o‘n kundan keyin ekvatordan o‘tamiz, besh haftaga ham qolmay Gorn buruniga yetib boramiz.

      ‒ Eshitdingizmi, Meri? Besh haftaga ham qolmay! – dedi qizga qarab Elen.

      ‒ Eshitdim, xonim, – deb javob berdi Meri. – Kapitanning bu so‘zlarini eshitib, yuragim gupullab urib ketdi.

      ‒ Dengiz sayohatida o‘zingizni qalay his qilyapsiz, Meri? – deb so‘radi undan Glenarvan.

      ‒ U qadar yomon his qilayotganim yo‘q, ser. Hademay dengizga butunlay o‘rganib olaman.

      ‒ Kichkina Robertimiz-chi?

      ‒ Robertmi?! – deb gapga aralashdi Jon Mangls. – Agar u hozir mashina bo‘limida bo‘lma-sa, machtaga chiqib olgani aniq. Bu yigitcha dengiz kasalining nima ekanini mutlaqo bilmaydi… Ana, o‘zingiz bir tomosha qiling-a. Qayerga chiqib olganini ko‘ryapsizmi?

      Hamma kapitan qo‘li bilan ko‘rsatayotgan tomonga – fok-machtaga qaradi: Robert palubadan yuz futcha balandlikda bram-stengoning arqonlarida osilib turardi. Meri beixtiyor titrab ketdi.

      ‒ Xotirjam bo‘lavering, miss! – deb unga tasalli berdi Jon Mangls. – Uning yiqilib tushmasligiga men kafilman. Tez orada men yigitchani jasur dengizchi sifatida kapitan Grantga taqdim qilishga so‘z beraman, men hurmatli kapitanni topishimizga zarracha ham shubha qilmayman.

      ‒ Koshki edi shunday bo‘lsa! – deb javob qildi qiz.

      ‒ Umidimiz katta, miss Meri, – dedi Glenarvan. – Ishimiz muvaffaqiyatli boryapti. Bizning bu olijanob maqsadimizni amalga oshirishga bel bog‘lagan mana bu azamatlarga bir qarang. Ular bilan biz albatta maqsadga erishamiz, erishganda

Скачать книгу


<p>32</p>

Styuard – bufetchi.

<p>33</p>

Baken – suv yo‘llarida xavfli joylarni va kemalar yo‘lini ko‘rsatuvchi suzg‘ich.

<p>34</p>

Lotsman – kemalarga yo‘l ko‘rsatuvchi mutaxassis.