PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу PEDAGOGIKA - J. Hasanboyev страница 16

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
PEDAGOGIKA - J. Hasanboyev

Скачать книгу

omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.

      Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.

      Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi.

      Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak? – degan savolning tug‘ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsning rivojlanishida faoliyatinig o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim.

      Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Rivojlanish – shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning takomillashuvini namoyon etadigan jarayon bo‘lib, bunday xislatlar tug‘ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo‘ladi. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysinadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysinadi. Bulardan tashqari odamning barkamol inson bo‘lib shakllanishida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topishi asoslarida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahami- yatga egadir.

      Ma’lumki, inson hayoti davomida jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida, bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi.

      Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarishlar jismoniy rivojlanishiga taalluqlidir. Odam bo‘yining o‘sishi, gavda og‘irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o‘zgarishi, qon bosimi, o‘pka sig‘imi, tayanch-harakat a’zolarining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish

      ko‘rsatkichlaridir. Bunga hikmatlarda ham e’tibor qaratilgan. Xususan, ulardan birida «Salomatlik – bu bebaho boylik. Shu bois, u inson uchun berilgan birinchi baxtdir», – deb qayd etiladi.

      Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga taal- luqlidir.

      Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, ularning samaradorligi va h.k), shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o‘rin tutadi. Shaxs sifatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun turli munosabatlar jarayonida uni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.

      Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir soha sifatida namoyon bo‘layotgan ekan, shaxs ta’rifi ham birmuncha oydinlashadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan «shaxs» quyidagicha ta’riflanadi:

      Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Demak, shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o‘z o‘rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti- harakatlarning miqdoriy va sifat o‘zgarishi jarayonidir.

      Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan (3.1.1-shakl).

      3.1.1-shakl

      Irsiyat – bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo‘lgan biologik xususiyat va o‘xshashliklarning nasi (bola)ga o‘tish jarayoni.

      Nasldan naslga o‘tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat. asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko‘zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlari ham nasldan naslga o‘tadi. Iste’dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo‘naltirilgan emas. Iste’dod alomatlari muayyan faoliyatga moyilligini aks ettiradi, xolos. Ma’lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajdodlariga xos iste’dod nishonasi aks etganda. aynan shu iste’dodning shakllanishida muhim rol o‘ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga oila muhitini nazoratdan chetda qoldirmaslik lozim.

      Fiziologiya va psixologiya fanlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat go‘yo «mudroq» holatda bo‘lib, uning «uyg‘onishi» – rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi.

      Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog‘liq.

      Muhit – bu shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi voqea- hodisalar majmuyi. «Muhit» tushunchasi o‘ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.

      Mikromuhit o‘zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog‘da nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, erta ko‘rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo‘lmasa, yo‘q bo‘lishi yoki «mudroq» ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, axloq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit. unda shaxsning shakllanish jarayoniga, ta’siri roliga alohida e’tibor beradi. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta’siri g‘oyat

Скачать книгу