Suv ostida sakson ming kilometr. Жюль Верн

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Suv ostida sakson ming kilometr - Жюль Верн страница 16

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
Suv ostida sakson ming kilometr - Жюль Верн

Скачать книгу

hozirning o‘zidayoq uxlayapman, – deb javob berdi Ned Lend.

      Shunday deb har ikkala hamrohim kayuta poliga solingan bo‘yraga cho‘zilishdi va shu zahotiyoq qattiq uyquga ketishdi.

      Men ular singari osongina uxlay olmas edim. Miyam juda ko‘p fikrlar bilan to‘lib-toshgan, hal qilinmagan juda ko‘p muammolar meni tashvishlantirar, talay kishilar ko‘z oldimdan nari ketmas edi. Binobarin, ko‘zlarim anchagacha yumilmadi.

      Qayerdamiz? Bizni qanday ajib kuch tortib ketyapti?

      Kema tubsiz chuqurlikka cho‘kayotganini his etdim – aniqrog‘i, menga shunday tuyuldi.

      Turli dahshatlar menga tinchlik bermas edi. Bu sirli chuqurliklardagi nimasi bilandir shu suvosti kemasiga o‘xshab ketadigan, xuddi shunday katta, xuddi shunday harakatchan, o‘zi singari kuchli noma’lum hayvonlar to‘dasi ko‘z oldimdan nari ketmas edi.

      Ammo ko‘p o‘tmay ular xiralashib, miya mudroq pardasiga o‘raldi va men uxlab qoldim.

      To‘qqizinchi bob

      NED LEND G‘AZABNOK

      Qancha uxlaganimni bilmayman. Ammo aftidan, juda uzoq uxlagan bo‘lsam kerak, g‘oyat tiniqib, tetik bo‘lib uyg‘ondim.

      Birinchi bo‘lib men ko‘zimni ochdim. Do‘stlarim hali ham qattiq uyquda edilar.

      Miyam dam oldi va yana aniq hamda bexato ishlashi mumkin degan o‘y bilan anchagina qattiq to‘shakdan turib, hammadan oldin kayutamizni sinchiklab ko‘zdan kechira boshladim.

      Biz uxlab yotganimizda hech nima o‘zgarmapti. Turma turmaligicha, bandilar esa bandiligicha qolibdi. Faqat styuard qolgan ovqatlarni stol ustidan yig‘ishtirib olibdi. Shunday qilib, taqdirimizning yaqin orada o‘zgarishini ko‘rsatadigan biron belgi ko‘rinmagach, hayajon ichida, nahotki, umrbod shu katakda qamalib yotishga mahkum etilgan bo‘lsak, deb o‘zimga o‘zim savol berdim.

      Bu fikr meni shu qadar gangitib qo‘yganining yana bir sababi shuki, garchand miyam kechagi dahshatlardan xoli bo‘lsa-da, ammo ko‘kragimdan nimadir bosardi. Nafas olish og‘irlashayotgan edi. Bo‘g‘iq havo o‘pkaning bemalol ishlashiga xalaqit berayotgan edi.

      Kayuta anchagina katta bo‘lishiga qaramay, aftidan, bu yerning havosidagi kislorodning ko‘pini yutib yuborganga o‘xshaymiz.

      Darhaqiqat, odam bir soat nafas olishi uchun yuz litr havo tarkibidagi miqdorda kislorod kerak bo‘ladi. Va bu havo nafas qaytarganimizda ichimizdan chiqadigan uglekislota bilan to‘lib, nafas olishga yaroqsiz bo‘lib qoladi.

      Shunday qilib, bizning turmamizdagi, balki butun suvosti kemasidagi havoni yangilash kerakdir.

      Ana shunda birinchi savol tug‘ildi: Bunday hollarda suvosti kemasining komandiri nima qiladi? U kislorodni ximiyaviy yo‘l bilan, ya’ni bertolet tuzini qizdirib olarmikin? Bunday bo‘lsa, u bu tuz zapaslarini to‘ldirish uchun yer bilan aloqa bog‘lab turishi kerak. Maxsus rezervuarlarda havoni suyultirib, so‘ng keragicha ishlatarmikin? Shunday bo‘lishi ham mumkin. Yoki ortiqcha harakatdan qochib har yigirma to‘rt soatda havo g‘amlash uchun suv sathiga ko‘tarilarmikin?

      Ammo bu usullarning qay biridan foydalanayotgan bo‘lmasin, menimcha, uni zudlik bilan qo‘llash vaqti yetdi!

      O‘pkamga yetarli miqdorda kislorod kirishi uchun ikki hissa tezroq nafas ola boshlagan edim hamki, birdan kayutaga tuz hidi anqib turgan sof havo oqimi otilib kirdi. Bu yod aralashgan, odamni tetiklashtiradigan dengiz havosi edi. Men og‘zimni katta ochib, jonholatda bu hayotbaxsh havo oqimidan yuta boshladim. Xuddi shu daqiqada kema sekin silkindi, unchalik qattiq bo‘lmasa-da, ammo ancha sezilarli edi.

      Suvosti kemasi, temir maxluq, aftidan, toza havodan nafas olish uchun kitga o‘xshab suv sathiga ko‘tarilganga o‘xshaydi…

      Shunday qilib, kemada havoni yangilab turish usuli to‘la aniqlandi.

      To‘yib nafas oldim-da, ko‘zlarim bilan ventilatsiya tuynugini yoki bizga hayotbaxsh gaz kirgan yerni qidira boshladim va uni osonlik bilan topdim. Eshik ustida panjara bo‘lib, kayutaga havo oqimi ana shundan kirar edi.

      Shuni endi ko‘zdan kechirib turgan edim, Ned bilan Konsel deyarli bir vaqtning o‘zida uyg‘onishdi. Ular ko‘zlarini uqalab, homuza tortib, o‘rinlaridan turishdi.

      – Xo‘jam yaxshi uxlab turdilarmi? – so‘radi Kon-sel odatdagi o‘ziga xos odob bilan.

      – Juda soz, azizim, – javob berdim men. – Sizchi, Ned?

      – Qotib uxlabman, janob professor. Ammo bu nimasi? Nazarimda dengiz hidi kelyapti shekilli.

      Men kanadalikka u uxlab yotganida sodir bo‘lgan voqeani gapirib berdim.

      – Ha, – dedi u, – «narval» «Avraam Linkoln»ga yaqinlashganda, undan allaqanday g‘uvullagan ovoz chiqqanining sababi bu yoqda ekan-da.

      – To‘g‘ri aytyapsiz, Ned. U «nafas olgan» ekan.

      – Bilasizmi, janob professor, soat nechaligini sira bilolmayapman. Ovqat vaqti bo‘lmadimikin?

      – Ovqat vaqti bo‘lmadimikin? Siz nonushtani so‘ramoqchi bo‘layotgandirsiz, Ned. Chunki biz kun bo‘yi ham kechasi bilan uxlaganimiz aniq.

      – Siz bilan bahslashib o‘tirmayman, – deya javob berdi Ned Lend, – ammo styuard nimaiki olib kelsa – nonushtami, tushlikmi uni quchoq ochib kutib olardim.

      – Ayniqsa unisiniyam, bunisiniyam bitta qilib olib kelsa! – qo‘shib qo‘ydi Konsel.

      – To‘g‘ri aytyapsiz, – dedi kanadalik, – unisigayam, bunisigayam haqqimiz bor. Men bo‘lsam nonushtani ham, tushlikni ham birga bersa yo‘q demasdim.

      – Juda soz, Ned, sabr qilamiz, – dedim men. – Bu odamlar ochlikdan sillamizni quritmasliklari aniq, bo‘lmasa kecha bizga ovqat berib o‘tirishmas edi.

      – Balki, aksincha ular bizni bo‘rdoqiga boqisha-yotgandir? – e’tiroz bildirdi Ned.

      – Ned, o‘ylab gapiring! Siz chindan ham odamxo‘rlar qo‘liga tushib qoldik deb o‘ylamayotgandirsiz axir?

      – Bir martasi hisobga kirmaydi, – deya jiddiy turib javob berdi kanadalik. – Kim biladi, balki bu odamlar anchadan beri yangi so‘yilgan go‘sht yeyishmagandir… Mana endi uchta sog‘lom, kelishgan, miqqigina kishi – janob professor, Konsel va kamina qullari qo‘llariga tushib turibdi…

      – Bas qiling, Ned! – men garpunchining so‘zini bo‘ldim. – Bu fikrlarni miyangizdan chiqarib tashlang. Xo‘jayinlarimiz bilan shunday gaplashishni xayolingizga ham keltirmang – bu bizning ahvolimizni og‘irlashtiradi, xolos.

      – Nima bo‘lganda ham, – dedi Ned Lend, – men itday ochman, nonushta yoki tushlikni haligacha berishgani yo‘q.

      – Azizim Ned, biz bu yerdagi tartib-qoidalarga bo‘ysunmog‘imiz kerak. Menimcha, bizning qorinlarimiz kok30 soatidan ko‘ra ildamroq ishlayotganga o‘xshaydi.

      – Mayli, nima ham qila olardik, qorinlarimiz milini suramiz qo‘yamiz-da, shunda hamma narsa joyida bo‘ladi, – dedi bamaylixotir Konsel.

      – Sizga

Скачать книгу


<p>30</p>

Kok – kema oshpazi.