Suv ostida sakson ming kilometr. Жюль Верн
Чтение книги онлайн.
Читать онлайн книгу Suv ostida sakson ming kilometr - Жюль Верн страница 5
Ekipaj Brodvey bo‘yidan Yunion xiyoboniga borib, so‘ngra To‘rtinchi avenyuga qayrildi va undan Katrinstritga yetib, nihoyat O‘ttiz to‘rtinchi qirg‘oqda to‘xtadi. U yerdan parom hammamizni – odamlarni, otlar va ekipajni Bruklin-ga, Gudzon daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan Nyu-York shahar chekkasiga olib o‘tdi. Bir necha minutdan so‘ng arava to‘g‘ri ikkita mo‘risidan halqa-halqa qalin tutun chiqarayotgan «Avraam Linkoln»ining ko‘chma ko‘prikchasi oldiga kelib to‘xtadi.
Yukimiz bir zumda kemaga ortildi. Men trapdan yugurib bora turib, kapitan Faragutni qayerdan topsa bo‘ladi, deb so‘radim. Matroslardan biri meni ko‘prikkacha boshlab borib, ochiq chehrali novcha dengizchini ko‘rsatdi. U menga qo‘lini uzatdi.
– Janob Pyer Aronaksmi? – so‘radi u.
– Xuddi shunday, – javob berdim men. – Kapitan Faragutmisiz?
– Shaxsan o‘zlari. Xush kelibsiz, janob professor! Kayuta sizga muntazir.
Men ta’zim qildim va ketish oldidagi dolzarb daqiqalarda kapitanga xalaqit bermaslik uchun matrosdan ajratilgan kayutani ko‘rsatishini so‘radim.
«Avraam Linkoln» nazarda tutilgan ekspeditsiya uchun juda mos edi.
U tezlikni soatiga o‘n sakkiz-u o‘ndan uch milyagacha yetkaza oladigan, eng takomillashgan mashinalar bilan jihozlangan tezyurar kema edi. Sirasini aytganda, shu katta tezlik ham gigant narvalni quvishga yetarli emasdi.
Kemaning ichki jihozlari ham uning dengizda suzish sifatlaridan qolishmas edi. Menga ajratilgan kayuta kemaning quyruq tomonidagi ofitserlar bo‘lmasida joylashgan bo‘lib, u menga juda ma’qul edi.
– Bu yerda yaxshilab joylashib olishimiz mumkin, – dedim men Konselga.
– Xo‘jamning ruxsatlari bilan aytmoqchimanki, bu yer makonidan ajralgan qisqichbaqa shilliqqurtning chig‘anog‘iga joylashib olganday gap bo‘lar ekan-da, – dedi mening olim xizmatkorim.
Men Konselni chamadondagi narsalarni chiqarib olish uchun kayutada qoldirib, o‘zim jo‘nashga tayyorgarlikni ko‘rish maqsadida kema sahniga chiqdim.
Xuddi shu daqiqada Faragut «Avraam Lin-koln»ni Bruklin qirg‘og‘ida saqlab turgan arqonni yechishga buyruq berdi. Chorak soat kechikkanimda «Avraam Linkoln» mensiz suzib ketib, favqulodda qiziq ekspeditsiyaga ishtirok etolmas edim. Sirasini aytganda, har bir narsaga ishonchsizlik bilan qaraydigan odamlar bu ekspeditsiyaning eng haqqoniy tafsilotiga ham ishonmasalar ajab emas.
Kapitan Faragut narvalga qarshi yurishni bir kun emas, hatto bir soat, loaqal bir daqiqaga ham kechiktirgisi yo‘q edi.
U kema injenerini chaqirdi.
– Bug‘ bosimi yetarlimi? – so‘radi u.
– Xuddi shunday, kapitan.
– Sekin yurilsin! – buyruq berdi kapitan.
Siqilgan havo harakatga keltirayotgan telegraf orqali bu buyruqni olgan mexanik kemani ishga tushiradigan richagni aylantirdi.
Bug‘ vishillab silindrlarga o‘tdi va porshenlar eshkakni aylantiradigan vallarni harakatga keltirdi. Vintning yassi parraklari borgan sari tezroq aylana boshladi va «Avraam Linkoln»ni kuzatuvchilar bilan liq to‘la yuzlab kema va shatakchi paroxodchalar hamrohligida salobat bilan suzib ketdi.
Bruklin qirg‘oqlari tomoshaga kelganlar bilan to‘lib ketgan edi. Minglab tomoqlarni qirib chiqqan uch marta «ura» sadosi momaqaldiroqning gumburlashiday yangradi. «Avraam Linkoln» Nyu-York joylashgan yarim orol chetidan Gudzon daryosi suviga kirib olguncha minglab dastro‘mollar olomon boshi uzra havoda hilpirab, kemani tabriklab turdi.
«Avraam Linkoln» Gudzon daryosi oqimiga qarab pastga suzib, hashamatli uylar zanjirday tizilishgan Nyu-Jersey yoqalab borib, qo‘rg‘onlar yonidan o‘tayotganida, ularning to‘pdan o‘q uzib berayotgan salutlariga javoban quyruq tomondagi o‘ttiz to‘qqizta yulduz bilan bezatilgan bayrog‘ini uch marta ko‘tarib tushirdi. Shundan so‘ng kema yurishini sekinlatib, dengiz kanalining kemalar yuradigan va bakenlar15 bilan belgilab qo‘yilgan loyqa farvateriga kirib, yana minglab tomoshabinlar tabriklayotgan qumloq Sendi-Gukni ortda qoldirib, ochiq dengizga chiqib oldi.
Turnaqator bo‘lib kelayotgan kemachi va shatakchilar «Avraam Linkoln»ni chiroqlari Nyu-York portiga kiraverishni yog‘du bilan ko‘rsatib turgan suzgich mayaklargacha kuzatib kelishdi.
Kunduz soat uch edi. Lotsman narvonchani tashladi, eshkakli qayiq uni tezda kemaga yetkazdi va «Avraam Linkoln» tezligini oshirib, Long-Aylend sohillari bo‘ylab suzib ketdi.
Kechqurun soat sakkizlarda Fayr-Aylend chiroqlari ko‘rinmay qoldi va kema shitob bilan Atlantik okeanning qoramtir suvi bo‘ylab ilgarilab ketdi.
To‘rtinchi bob
NED LEND
Kapitan Faragut yaxshi dengizchi, o‘zi komandirlik qilayotgan ajoyib kemaga munosib kishi edi. Kema bilan u go‘yo bir butun yaxlit tana-yu, kapitan miya vazifasini bajarardi. U narvalning mavjudligiga sira shubhalanmas, binobarin, o‘zi bor joyda bu boradagi bahsga mutlaqo yo‘l qo‘ymas edi. Bahaybat maxluq mavjud va kapitan dengizni undan xoli etadi. U shunga qasam ichgan edi.
Yo kapitan Faragut narvalni o‘ldiradi yoki nar-val kapitan Faragutni o‘ldiradi – boshqacha bo‘lishi mumkin emas!
Kema ofitserlari o‘z kapitanlarining ishonchiga qo‘shilar edilar. Ofitserlarning yaqin orada bahaybat maxluq bilan uchrashish va uning yurish tezligi haqidagi bahslarini eshitib huzur qilardi kishi. Hatto odatda qorovullikda turishni majburiyat ostidagi zerikarli bir narsa, deb hisoblaydigan ofitserlar ham bu galgi reysda ortiqcha navbatchilik qilishga hamisha tayyor edilar.
Hali quyosh osmon gumbazida kunduzgi yo‘lini davom ettirar, kemada to‘da-to‘da bo‘lib turgan matroslar bahaybat maxluqni topish niyatida dengizni kuzatmoqda edilar. «Avraam Linkoln» esa hali Tinch okeandan uzoqda edi!
Kema ekipaji narvalni uchratish, uni garpunga16 ilintirib, kemaga tortib chiqarish va burdalab tashlash ishtiyoqida yonar edi. Komandaning bir qismi butun ishdan bo‘sh vaqtini dengiz sathiga diqqat bilan tikilib turish bilan o‘tkazar edi. Shuni ham aytish kerakki, kapitan Faragutning o‘zi buni ma’qullab, ikki ming dollar mukofot va’da qildi. Bu mukofot narvalni birinchi bo‘lib ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lgan yunga, matros, botsman yoki ofitserni kutar edi. Shunday bo‘lgach, kema ekipaji qanchalik berilib dengizga tikilib turishini tasavvur qilish qiyin emas!
Menga kelganda, shuni aytishim kerakki, kema bortlarida kun bo‘yi astoydil turishda boshqalardan sira qolishmasdim. Yolg‘iz Konsel hammani qiziqtirayotgan masalaga befarq qarab, umum ishiga qo‘shilmas edi.
Kapitan Faragut o‘z kemasini juda ulkan kitlarni ovlash uchun zarur bo‘lgan barcha asbob-uskunalar bilan jihozlagan edi. Bironta
15
16