Капитан Грант болалари. Жюль Верн

Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Капитан Грант болалари - Жюль Верн страница 15

Автор:
Жанр:
Серия:
Издательство:
Капитан Грант болалари - Жюль Верн

Скачать книгу

Buning ustiga, – deb davom etdi Glenarvan, – g‘arbiy Hindistonga bordingiz nima-yu, Sharqiy Hindistonga bordingiz nima? Baribir emasmi?

      ‒ Rostimni aytsam, ser, – dedi Paganel, – bu gap sira ham yodimga kelmabdi!

      ‒ Oltin medalni esa, aziz Paganel, – deb davom etdi Glenarvan, – xohlagan mamlakatda ham olishingiz mumkin. Har joyda ham ishlash, kashf qilish mumkin: Kordiler tizma tog‘larida ham, Tibet tog‘larida ham.

      ‒ Xo‘sh, unda Yaru-Dzangbo-Chu daryosini tekshirishim nima bo‘ladi?

      ‒ Nima bo‘lardi, Yaru-Dzangbo-Chu o‘rniga Rio-Koloradoni tekshirasiz-qo‘yasiz. Shunday katta daryo kam tekshirilgan, axir. Geograflar uni har xil xaritalarda har xil joylardan oqishga majbur qiladilar.

      ‒ Bilaman buni, azizim, bilaman. Hatto bir necha gradusga qilingan xatolar ham uchraydi. Istasam Geografiya jamiyati meni Hindistonga yuborishga rozi bo‘lganidek Patagoniyaga ham hech so‘zsiz yuborgan bo‘lar edi-ya, lekin bu fikr mening miyamga kelmagan edi-da.

      ‒ Bunga ham parishonligingiz sabab.

      ‒ Biz bilan yuravering-da, janob Paganel, – deb iltimos qildi Elen, g‘oyat samimiy ravishda.

      ‒ Xonim! Menga berilgan topshiriq nima bo‘ladi unda?

      ‒ Aytib qo‘yay: biz Magellan bo‘g‘ozi orqali o‘tamiz, – dedi Glenarvan.

      ‒ Ser, siz odamni yo‘ldan urishga usta ekansiz!

      ‒ Biz Ochlik portida ham bo‘lamiz.

      ‒ Ochlik portida-ya! – deb qichqirdi har tomonlama hujum ostida qolgan fransuz. – Axir u geografiya tarixi yozilgan barcha asarlarda tilga olinadigan mashhur port-ku!

      ‒ Yana shuni ham unutmangki, janob Paganel, – deb davom etdi Elen, – sizning bu ekspeditsiyada ishtirok etishingiz Fransiyaning nomini Shotlandiya bilan yonma-yon qo‘yadi.

      ‒ Albatta, albatta!

      ‒ Bizning ekspeditsiyamizga geografiya olimi katta foyda keltirishi mumkin, fanni kishilik foydasiga xizmat qildirishdan go‘zal ish bo‘lishi mumkinmi?

      ‒ Juda ma’qul gap aytdingiz!

      ‒ Xo‘p deyavering: siz ham birga o‘xshab, tasodifning irodasiga bo‘ysuning. Tasodif bizga o‘sha hujjatlarni yetkazdi, biz yo‘lga tushdik. Sizni ham tasodif «Dunkan»ga keltirib tashladi, siz ham unda qolavering.

      ‒ Hozir nimalar o‘ylayotganimni aytaymi, do‘stlarim? – dedi Paganel. – Mening qolishimni juda xohlaysizlarmi?

      ‒ O‘zingizning ham qolgingiz kelib turibdi-ku, axir, – dedi Glenarvan.

      ‒ To‘g‘ri! – deb yubordi geografiya olimi. – Men sizlarga ortiqcha yuk bo‘lishdan cho‘chib turgan edim.

      To‘qqizinchi bob

      MAGELLAN BO‘G‘OZI

      Paganelning bu qarorini eshitib «Dunkan»dagilar hammasi xursand bo‘lishdi. Kichkina Robert shaxt bilan uning bo‘yniga osilib, oz bo‘lmasa geografiya jamiyatining hurmatli sekretarini yiqitib yuboray dedi.

      – O‘ktam yigitcha! – dedi Paganel. – Men unga geografiyani o‘rgataman.

      Aftidan, Robert juda o‘tkir odam bo‘lib yetishadiganga o‘xshab qoldi, chunki Jon Mangls uni dengizchi qilib yetishtirishga, Glenarvan – mard, mayor – sovuqqon, Elen – mehribon va olijanob yigit qilib yetishtirishga ahd qilgan edilar. Meri Grant esa uni bu barcha murabbiylaridan minnatdor qilib tarbiyalashga tirishdi.

      «Dunkan» ko‘mir yuklashni tezda tugatib, bu ko‘rimsiz, g‘amgin orollardan jo‘nab ketdi. U g‘arb tomonga qayrila borib, Braziliya qirg‘oqlari yaqinidan o‘tadigan dengiz oqimiga tushib oldi, 7-sentabrda esa shimoldan esib turgan kuchli shamol ostida ekvatordan o‘tib, Janubiy yarim sharga kirdi.

      Safar qiyinchiliksiz borardi. Hamma ham ekspeditsiyaning muvaffaqiyat qozonishiga ishonar edi. Kapitan Grantni topishga bo‘lgan umid borgan sari oshganday tuyulardi. Bunga juda ishonganlardan biri «Dunkan»ning kapitani edi. Uning bunchalik qattiq ishonch bildirishiga asosiy sabablardan biri Meri Grantni umidvor va baxtli holda ko‘rishga qizg‘in intilishi edi. Jon Mangls bu qizga juda boshqacha qiziqib qolgan bo‘lib, qizga bo‘lgan o‘z hislarini shunday muvaffaqiyat bilan yashirar ediki, buni Meri Grant bilan uning o‘zidan boshqa hamma sezib oldi. Geografiya olimiga kelsak, butun Janubiy yarim sharda undan baxtli odam yo‘qday edi. U kun bo‘yi kayut-konpaniyadagi stol ustiga yozilgan kartalarni o‘rganar, stolga dasturxon yozmoqchi bo‘lgan Olbinet bilan Paganel o‘rtasida har kuni bir tortishuv bo‘lardi. Shuni ham aytish kerakki, bu tortishuvda kemadagi butun yo‘lovchilar Paganel tarafini olar, faqatgina mayor bundan chetda qolar edi; u o‘z odaticha geografiyaga ham tamomi sovuqqonlik bilan qarardi, ayniqsa ovqat vaqtlarida unga mutlaqo qiziqmasdi. Paganel o‘ziga geografiya bilan shug‘ullanishdan boshqa ham ish topdi. U kapitan yordamchisining yashigidan bir qancha kitob topib keldi, bu kitoblar orasidan bir nechta ispancha kitob topib oldi-da, Servantesning tilini o‘rganishga qaror qildi. Eslatib o‘taylikki, kemada bu tilni hech kim bilmas edi. Ispan tilini bilish geografiya olimiga Chili sohillarini o‘rganishda yordam berishi kerak edi. O‘zining til o‘rganish qobiliyati kuchli ekanidan foydalanib, u kema Konsepsionga yetib borguncha bu tilni gaplashadigan darajada egallab olmoqchi edi. Shuning uchun u ispan tilini o‘rganishga jon kuydirib kirishdi va notanish so‘zlarni to‘xtovsiz ravishda takrorlay boshladi.

      Buning ustiga Paganel bo‘sh paytlarida Robertni yoniga chaqirib olar va unga «Dunkan» tezlik bilan yaqinlashib borayotgan sohillar to‘g‘risida so‘zlab berardi.

      10-sentabrda «Dunkan» 5°37’ kenglik va 31°15’ uzunlikka yetib bordi, shunda Paganelning yangi do‘stlari hatto durustgina ma’lumotli kishilar ham bilmagan narsalardan xabardor bo‘ldilar. Paganel ularga Amerikaning tarixini so‘zlab berdi. Gap hozir «Dunkan» o‘tib borayotgan yo‘llardan yurgan buyuk dengiz sayyohlariga kelgach, u Xristofor Kolumb haqida gapi rib ketdi va o‘z hikoyasini genuyalik bu buyuk sayohatchi Yangi Dunyoni topganini o‘zi bilmasdan o‘lib ketdi, deb tugatdi.

      Shunda uning hikoyasini eshitib o‘tirganlarning hammasi qattiq e’tiroz bildirdilar, lekin Paganel o‘z so‘zida turib oldi.

      ‒ Bu tamoman tasdiqlangan gap, – dedi u. – Men Kolumbning shuhratini pastga urmoqchi emasman, lekin fakt faktligicha qoladi. O‘n beshinchi asrning oxirida kishilarning butun fikri-zikri Osiyo bilan munosabatni yengillashtirish va g‘arb tomondan Sharqqa borish masalasiga qaratilgan edi. Qisqasi, «noz-ne’matlar o‘lkasiga» boradigan eng qisqa yo‘lni axtarib topishga intilar edilar. Kolumb ham o‘z oldiga shu vazifani qo‘ydi. U to‘rt marta sayohat qildi, Kuman, Gonduras, Maskit sohillari, Nikaragua, Veragua42, Kosta-Rika va Panamadan chiqdi, lekin, bu yerlarni Yaponiya va Xitoy sohillari deb gumon qildi. Shunday qilib, u kattakon qit’aning mavjudligidan bexabar vafot qilib ketdi, afsuski, bu qit’a uning nomiga ham qo‘yilmadi.

      ‒ Men sizga ishonmoq istardim, aziz Paganel, – dedi Glenarvan. – Lekin juda hayron bo‘lib qoldim. Sizga bitta savol bermoqchiman: Kolumbning ixtirosini dengiz sayyohlaridan kim to‘g‘ri tushungan?

      ‒ Shu ishni undan keyin davom ettirganlar: Kolumbning sayohatlarida ishtirok qilgan Oxeddan tortib, Vinsent Pinson, Amerigo Vespuchchi, Mendosa, Bastidas, Kabral, Solis, Balboagacha. Bu dengiz sayyohlari Amerikaning sharqiy sohillari bo‘ylab o‘tib, uning chegarasini kartaga tushirib borganlar: bundan uch yuz oltmish

Скачать книгу


<p>42</p>

Veragua – Panamaning eski nomi.