Mehrobdan chayon. Abdulla Qodiriy
Чтение книги онлайн.
Читать онлайн книгу Mehrobdan chayon - Abdulla Qodiriy страница 14
Bu so‘zdan Anvar qizarib ketdi. Ra’no Anvarga qarab oldi va dadasiga achchig‘ qilg‘an kabi burulib ichkariga jo‘nadi. Maxdum Anvarga ustaliq bilan bir ma’noni onglatib, ta’minot berganidek, buzuqilarning vasvasasiga qarshi dam ham solg‘an edi… Bu dam solish Anvarga ham ta’sirsiz qolmadi. Shu kungacha Ra’noning yosh, ma’sum husniga umidsiz qaraydirg‘an bo‘lsa, bundan keyin unga umid va istiqbolning shirin xayollari bilan termuladirg‘an bo‘ldi.
Maxdum o‘zining chekkan tashvishida haqli bo‘lib chiqdi. Anvarning tevaragida “xolis” maslahatgo‘lar ham ko‘rinishib qoldilar. Ayniqsa bu “xolis”lardan biri pochchasi edi. Pochchasi yetti tillo daragini eshitib entikdi. Erining tazyiqi ostida Nodira ham kengashka turdi.
– Pochchang, bizning havlig‘a kelib tursin, o‘zim uylantirib qo‘yaman, deydi.
Anvar boshqalarning kengashiga quloq solmag‘anidek, opasining so‘ziga ham iltifot qilmadi. Maxdum javob bermaguncha bu uydan ketmasligini bildirib, faqat pochchasig‘a yordam berib turish va’dasi bilan opasini tinchitdi.
Anvar ikkinchi oy maoshidan uch tilloni o‘zida qoldirib, uyga kiyim-kechak olish uchun izn so‘rag‘an edi, maxdum “shu ish chakkida, bolam. Xayr, bundan so‘ng shu noma’qulchiliq bo‘lmasin!” – deb arang ko‘ndi. Anvar Nigor oyim, Ra’no va o‘ziga kiyimliklar sotib oldi. Nigor oyim sholpar, Ra’no atlas kiydilar.
Nigor oyim Anvarning pinjiga kirib olib, o‘z yo‘lig‘a sola boshladi. Maoshining hammasini maxdumga bermaslikka, shunga o‘xshash kam-ko‘stlarga ham yaratib turishg‘a undar edi. Anvarning andishasini rad qilib: “Har qancha bersang ham dadasi ola beradir. Lekin berganingni sen bilan bizga misi ham yuqmas. Shunday bo‘lg‘andan keyin, ishni o‘ylab qilish kerak”, der edi. Chunki Nigor oyim erining Anvarga qattig‘ botina olmaslig‘ini sezar edi. Shunday bo‘lsa ham Anvar yetti-sakkiz oyg‘acha topqanini maxdumga berib, duosini olib turdi. Lekin maxdum shunchalik daromad bilan ham eski tabi’atini bir zarra o‘zgartmas, hamon eski tos, eski hammom: har kun suyuq osh, xudo yorlaqag‘an kun ozodliqning palovi, shunda ham Anvar kech kelib sovig‘an oshni yer, uyda issig‘ non yopilmas, hamisha panjshanba kun yig‘ilg‘an non suvi qochib, taraqlab kelasi panjshanbagacha kafolatni o‘z ustiga olar edi. Bora-bora Anvar ham bu holdan siqilib, Nigor oyimning kengashicha ish qilmoqqa majbur bo‘ldi. Oltin berib quruq duo va minnatdorchilik olishdan, duosiz yeb-ichishni a’lo ko‘rdi. Uyga go‘sht va boshqa masallig‘ olib berib, xohlag‘an taomini buyurib turdi; o‘zi yaxshi kiyinganidek, Nigor oyim, Ra’nolarni ham yaxshi kiyintirdi. Nodira opasig‘a, jiyanlariga kiyimlar olib berdi; ikki tilloni Marg‘ilonda og‘rib yotqan Mohlar oyimg‘a sovg‘a-salom qilib yubordi.
Bu o‘zgarish maxdumni dovdiratib qo‘ydi va qo‘rqa-pisa “bu oy xarojatlabsizmi, bolam?” – deb so‘rag‘an edi, “kam-ko‘stlarni tuzatib oldiq” – degan javobni berdi. Ikkinchi oyda, ko‘rpa-yostiqlarni tuzatib, maxdumning ko‘zi to‘rt bo‘la bergach, ikki tilloliq “xolis” duo ham olib qo‘ydi. Lekin maxdum bu holdan ancha shoshqan edi. Birar shayton yo‘ldan ozdirdimi, deb astag‘firulloh o‘qur edi. Anvarning eskicha ochiq yuz bilan muomala qilib faqat “naqdina” vajhidangina dam bo‘lib qolishi, topqanini “bemaza” ovqatlarg‘a, kiyim-kechak va boshqa “behuda moloya’ni”larga95 sarf qilishi maxdumni ko‘b tanglikka solg‘an edi.
– Bo‘tam Anvar, – dedi bir kun maxdum, – dunyo degan ko‘b noyob narsa; kishining bir kuni bo‘lsa yig‘lab-sixtab o‘tib keta beradir, illo, zar qadriga yetish kerak… menda bo‘lsa o‘zingda turg‘andek gap, bolam.
Bunday “muassir” nasihatlar ham Anvarga kor qilmadi. Chunki Nigor oyim va Ra’nolar bilan bu to‘g‘rida qat’iy bitishib qo‘yg‘an edi. Shu bilan birga maxdumning oyliq vazifasini ikki tillodan ham kamaytirmadi. Inson har narsaga qobil… bora-bora maxdum shunga ham qanoat qiladirg‘an bo‘lib, hisob-kitobni esidan chiqardi. Biroq, oy sayin ikki tilloni olg‘anda “qolg‘ani” to‘g‘risida biroz yuragi achishib qo‘yar edi.
16. XONNING ILTIFOTI
Devonda rasmiy mirzo bo‘lishining uchunchi yilida Anvar juda katta e’tibor qozong‘an edi. Ayniqsa, turkiy tahrirda mirzolarning har birisidan ustun: chiroylik uslubi, oson tarkib96 va ifodasi bor edi. Buni mirzolardan boshlab saroy shoirlari, saroy muftilari, bosh munshiy Muhammad Rajabbek, hatto xonning o‘zi ham e’tirof qilar edilar.
Xudoyor muhr bosish asnosi yozilg‘an yorlig‘ va nomalarni o‘qutib eshitar, munshiylarning eshitilmagan arab va fors so‘zlari orqaliq to‘qug‘an yarim turkiy jumlalariga aksar vaqt tushunmas: “Enalaring‘ arapqa tekkanma?” deb mirzo, muftilarni koyir edi97. Ammo, Anvarning yozg‘an har bir jumlasini musiqiy kabi rohatlanib, tushunib tinglar va “shu bala barilaring‘dan ham o‘qug‘anraq chiqar!” deb, boshqa mirzolarning yuragiga o‘t yoqar edi.
Muhammad Rajab munshiy keyingi kunlarda muhim tazkiralar tahririni Anvarga topshiradirg‘an bo‘ldi. O‘zi birar joyg‘a ketadirgan bo‘lsa, devon idorasini Anvar qaramog‘ig‘a qoldirar, har bir to‘g‘rida ham boshqalardan ko‘ra Anvarga ishonar edi. Zero, Anvar har bir ishni to‘g‘ri va xolis ado qilar, vazifasidan tashqari ishlarga kirishmas, oladirg‘an maoshidan ortiqcha tama’ga tushmas edi. Bu o‘rinda Anvarning bir xususiyatini ataynoq yozib o‘tishka burchlimiz: o‘rus istibdod idorasi yonidag‘i musulmon qozixonalari va ulardagi mirzolarni ham kim xotirlaydir. O‘sha mirzolarning unar-unmaska “qalam uchi” so‘rashlari, kichkina ishni ulg‘aytib mazana98 chiqarish harakatlari ham bizga ma’lumdir.
Shu qozixona mirzolari, baayni hikoyamizning mav-zu’i bo‘lg‘an Xudoyor saroyi munshiylarining kichkina nusxalari edilar. Xong‘a yoziladirg‘an arzidodlar saroy mirzolaridan tashqarida tahrir qiling‘an bo‘lsa, aksar vaqt ishka oshmas edi. Ya’ni chetda yozilg‘an ariza qabul qilinsa ham, ariza egasi qalam uchini begona qilg‘ani uchun arizani xong‘a va sarmunshiyga ko‘rsatmay, yirtib tashlar edilar. Ariza egasi natija so‘rasa, “arizangizni savodsiz kishi yozg‘an ekan; janob iltifotsiz qoldirdilar”, – deb savodliq kishidan boshqa ariza yozdirib berishka maslahat ko‘rsatar edilar. Ariza berguchi ikkinchi martaba xarajatlanib, saroy mirzolarining o‘zlaridan yozdirishg‘a majbur bo‘lar edi. Mundan boshqa, bir-birlari ustidan xong‘a shikoyat qilish, o‘z aro bitmas adovat ham davom etib, aksar bir-birlarining tegiga suv ham quyib turar edilar. Yana aksariyat mirzolar xonning xufiyalik xizmatini ham ado qilib, shaxsiy adovat yoki xong‘a yaxshi ko‘runish uchun fuqarodan nechalarning gunohsiz qonig‘a cho‘milib, mudhish foji’alarg‘a ham sababchi bo‘lar edilar. Shuning uchun xalq ayniqsa, kambag‘allar saroy mirzolarig‘a nafrat bilan qarar, ular yonig‘a yaqinlashishdan qo‘rqar, ilojsizlikdan ikki bukulib salom berar edi.
Lekin Anvar tama’ni, shaytanatni, adovatni ayniqsa, xufiyalikni bilmas, devonda o‘ziga topshirilg‘an vazifanigina ado qilar, alalxusus mazlumlar dodnomasini xong‘a eshitdirishka va yaxshi natijalantirishka tirishar edi. Ul o‘zining shu to‘g‘rilig‘i soyasida hamisha anovi mirzolarning ishiga biloqasd99 xalal berib, chirishni100 buzub turar, ham shu va boshqacha sabablardan ularning adovatiga yaxshig‘ina hadaf101 ham bo‘lg‘an edi. Biroq, Anvarning homiysi – Muhammad Rajabbek katta e’tibor va nufuzga molik, ham xong‘a inobatlik, shuning uchun mirzolar Anvarga qarshi hech narsa qilolmas edilar. Mirzolar orasida Anvarga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lg‘an Shahodat mufti kabi keksa mirzolar yashag‘anlaridek,
95
96
97
Xudoyor qipchoqlar ichida o‘skani uchun tili o‘zbekchadir. Enalaring so‘zidagi “ng” harfini “ng‘“ ravishida qalin so‘zlaydir. Bu kungi farg‘ona o‘zbeklarida ham (ayniqsa qishloqlarda) yumshoq “ng” o‘rnida qalin “ng‘“ ishlatish ko‘b eshitiladir. Hozirg‘i isloh qiling‘an harfimizda bu qalin “ng” ning maxsus shakli yo‘qdir. Yozg‘anda (n-g‘) harflaridan bir tovush yasalsa ham, biroq o‘qug‘anda har kim buni o‘z maxrajidan chiqarolmas, yanglish o‘qur. Bu qalin “ng” o‘zbekcha bir necha so‘zdagina ishlatilmay ko‘b ellilab so‘zda iste’mol qiling‘ani uchun manimcha alohida bir shakl qabul qilish ehtiyoji his etiladir. Masalan mashhurlari: zang‘, pang‘, lang‘, darang‘, qalang‘i-qasang‘i, dang‘, to‘ng‘uz, shang‘i, to‘nig‘illamoq, to‘ng‘, to‘ng‘uch va ang‘iz, ting‘ boshqalar… Eski “ning” “ng” ravishida isloh qiling‘an. Bu yo‘g‘on “ng‘“ ham “g‘“ harfining ustiga uch nuqta qo‘yulib yozilsamikin… (
98
99
100
101