Беш болали йигитча. Худойберди Тухтабоев
Чтение книги онлайн.
Читать онлайн книгу Беш болали йигитча - Худойберди Тухтабоев страница 2
«Besh bolali yigitcha» romaniniig asosida Orifjon ukalari va do‘stlarining hayoti turadi. Orifjon bo‘lsa hamisha to‘g‘ri yo‘ldan yuravermaydi. U ba’zan adolatni qaror toptirish uchun xatolarga ham yo‘l qo‘yadi. Ukasi Sultonni izlab ko‘pgina qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazadi. Kichik singlisi o‘lim to‘shagida yotganida unga u-bu olib kelish uchun chayqov bozorida tuflisini sotmoqchi bo‘ladi. Hatto birovlarning qovunini o‘g‘irlab bo‘lsa ham, ukasining ko‘nglini olmoqchi bo‘ladi. Bola baribir bola-da! U doimo adolat bo‘lishini istaydi va adolat qidiradi. Lekin turmush murakkab. Turmushning murakkabligini osongina anglab olish ham qiyin. Shu jihatdan romandagi «Sarsonlik-Sargardonlik» bobi o‘zining hayotiyligi, tasvirning tiniqligi bilan alohida ajralib turadi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Besh bolali yigitcha» romani adibning ilgarigi asarlaridan ba’zi bir jihatlari bilan farq qiladi. Bu birinchi navbatda yozuvchi ijodida hayotiy voqealarning yana ham boyiganligi va kuchayganligida ko‘rinadi. Agar adibning avvalgi romanlarida sehrli qalpoqcha yordami bilan ezgulikni qaror toptirish yo‘lida harakat qiladigan beg‘ubor Hoshimjon bilan tanishgan bo‘lsak, bu asari orqali og‘ir urush yillarida hayotning qiyinchiliklarini kattalar bilan bab-baravar tortgan, ammo yaxshi kishilar ta’sirida tarbiya topgan, adolatparvar, ezgulikni qaror toptirish yo‘lida tinib-tinchimaydigan Orifjon va uning do‘stlari obrazlari bilan do‘stlashib qolamiz. Mana shu tariqa adib o‘z kitobxonlarini Ikkinchi jahon urushi yillari erta-yu kech tinimsiz mehnat qilib, g‘alabani tezlatishga munosib hissasini qo‘shgan xalqimizning buyuk bardoshi va mislsiz matonati bilan tanishtiradi.
OPAJONIM BOR EDI…
Birinchi qism
CHAQIRIQ QOG‘OZI
Meni qishlog‘imizdagi jamiki o‘g‘il bolalar yomon ko‘rishadi, shuning uchun ham menga «besh bolali» deb laqab qo‘yishgan.
Besh bolali deyishlariga, rostini aytsam, uncha jahlim chiqmaydi. Nega desangiz, chindan ham roppa-rosa beshta ukam bor. Beshoviniyam o‘zim katta qilganman, opam traktorchi, urush boshlanganidan buyon kechasiyu kunduzi dalada. Otam bo‘lsa, bola yupatishni hech bilmaydi, ukalarim yig‘lagudek bo‘lsa, to‘nini yelkasiga tashlab sekingina guzarga jo‘nab qoladi.
Bolalar meni nega yomon ko‘rishlarini aytsam, ular men tufayli yo opasidan, yo otasidan dakki eshitadi. «Sen ahmoq, kun bo‘yi ko‘cha changitib o‘ynaysan, sen tengi Orif bo‘lsa ukalariniyam o‘ynatadi, uy ishlariniyam tinchitadi…» deb quloqlaridan cho‘zishadi. Bir kuni mahallamizdagi bolalar to‘planib: «Sen ahmoqni hozir suvga pishamiz», – deb o‘rtaga olib qolishdi.
–Mayli, – dedim parvoyimga ham keltirmay, – besho‘n kundan buyon bet-qo‘limni yuvganim yo‘q edi, bahonada cho‘milib olaman.
–Endi seni o‘yinga qo‘shmaymiz, – deyishdi, yana bolalar.
–Unda sizlarga bittayam afandi aytib bermayman, – deb yana bo‘sh kelmadim.
Aytgandek, sizga gapirib bermadim shekilli, bizning qishloqni Afandi qishloq deyishadi. Kattalr u yoqda tursin, men tengi, mendan kichkina bolalar ham birbiriga afandi aytib, bir-birini qiqirlatib kuldirishni juda, juda ham yaxshi kurishadi. Men hammasidan ham ko‘p bilaman. Soy mahalladagi o‘zim bilan birga o‘qiydigan Mahmud sallani ham, Qibla mahalladagi Olim mallaniyam og‘iz ochtirmay qo‘yaman. Mana, hozir ham tomda o‘tirib makka uqalayapman-u, qiziq-qiziq afandilarni o‘ylab, o‘zimni-o‘zim ovuntirib, o‘zimni-o‘zim kuldirib o‘tiribman… Ho‘ narida, jarlik orqasidagi yalanglikda bo‘lsa, o‘rtoqlarim ko‘zimni kuydirib varrak uchirishyapti, osmonda katta-kichik varraklar shunaqangi ko‘pki, biri shoh tashlab, boshqasi havolab, chiroyli uchyaptiki, bepoyon osmonda xuddi qush bozori bo‘layotganga o‘xshaydi.
Yoki men ham varragimni ko‘tarb, o‘sha yoqqa yugurib qolsammikin… Xo‘sh, makkani ertaga uqalasak nima bo‘libti, sigirning tagini buguncha tozalamasa ham bo‘ladi, sut bermaganidan keyin hadeb tozalayveramanmi! Poya qirqish kerak, o‘tin yorishim kerak… Ufuf, qay birini qildim endi? Yo‘q, men ham birpas o‘ynab kelaman. Shunday deb sekin o‘rnimdan turayotgan edim, ko‘chada qo‘ylarini oldiga solib haydab, varragini boshi uzra avaylab ko‘tarib borayotgan Akrom bilag‘onga ko‘zim tushib qoldi. Qarab turgan edim:
–Ha, oyimqiz, tomga chiqib oftob chuvoqda ko‘rpa qaviyapsanmi, – deb so‘radi.
–O‘zing oyimqizsan, bildingmi! – dedim achchig‘im chiqib.
–Idish-tovoq yuvishing yolg‘onmi?
–Yolg‘on!
–Kir yuvishing-chi?
–Yolg‘on!
–Sigir sog‘ishing-chi?
–Hozir boshingga kesak bilan tushiraman!
–Qo‘lingga xina-yu, qoshingga o‘sma qo‘yishing ham yolg‘onmi? – deb Akrom bilag‘on qiqirlab kulayotgan edi, doni qoqib olingan makka so‘tani otgan edim, essizgina, mo‘ljalni sal noto‘g‘ri olib qo‘ygan ekanman, qulog‘ining yonidan zuvillab o‘tib ketdi. Ikkinchisini otmoqchi bo‘luvdim, bilag‘on shataloq otib qochib qoldi, bexavotirroq joyga borib olib:
– Yig‘lama,qiz, yig‘lama. Ertaga to‘ying bo‘ladi! – deb yelkalarni uchirib, o‘yinga tushib, meni masxara qila boshladi… Mana shunaqa, menga hech kun berishmaydi. Uyda opalaridan kaltak yeb chiqib, alamini mendan olishadi. Shoshmay turishsin hali, ukalarim eson-omon katta bo‘lib, uyga qaraydigan bo‘lib qolishsin, men ham shunaqangi o‘yinqaroq bo‘lib ketayki, shunaqangi qiziq o‘yinlar topib o‘ynayki, alam qilganidan sochlarini yulib olishsin. Hozir esa hecham o‘ynay olmayman, o‘yinga berilib ketsam, uydagi ishlarim qolib ketadi. Keyin opam xafa bo‘lib qolishi mumkin. Men opamni yaxshi ko‘raman, juda, juda ham yaxshi ko‘raman, hecham xafa qilmasam, hecham yig‘latmasam deyman. Opam ham meni yaxshi ko‘radi: «Hayriyatam esim yo‘g‘ida seni tug‘ib olgan ekanman, bo‘lmasa, ahvolim nima kechardi» – deb, erkalatganierkalatgan. Ukalarim bo‘lsa, yosh, Sulton endigina o‘n ikkiga kirdi, Zulayho o‘n birga, biz hali hammamiz ham bir-birimizdan bir yoshdan farq qilamiz. Sulton fe’ldor, ko‘ngli xushlasa, eshakday ishlaydi, xushlamasa yana o‘sha eshakka o‘xshab, to‘rt oyog‘ini bir joyga tirab turaveradi. Zulayhoga o‘zim ataylab ishni kam buyuraman, qiz bolalar nimjon bo‘lishadi, nimjon bo‘lgandan keyin ularni ehtiyot qilish kerak deb o‘ylayman. Usmon ukam juda xayolparast, qozon-tovoq qilib o‘tirib ba’zan o‘choq boshida uxlab ham qolaveradi. Buning ustiga, shunaqangi ozg‘inki, xuddi tandirga olov yoqadigan kosovga o‘xshaydi. Kun bo‘yi rasm chizganichizgan, qo‘li ham ancha kelishib qolganga